Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati respublikada qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
Sentabr oyida respublika bo‘yicha 31 537 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
2022 yilning sentabr oyida respublika bo‘yicha 31 537 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 211 taga kamaygan.
Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda – 3681 ta nikoh holati.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 3650 ta hamda 3511 ta nikoh holati kuzatilgan Samarqand viloyati va Qashqadaryo viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Namangan viloyati – 3126 ta;
- Andijon viloyati – 2889 ta;
- Surxondaryo viloyati – 2683 ta;
- Toshkent viloyati – 2525 ta;
- Toshkent shahri – 2471 ta;
- Jizzax viloyati – 1562 ta;
- Buxoro viloyati – 1371 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1207 ta;
- Xorazm viloyati – 1061 ta;
- Navoiy viloyati – 969 ta;
- Sirdaryo viloyati – 831 ta.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026