O‘zbekiston | 11:12 / 25.10.2022
2413
1 daqiqa o‘qiladi

«Markaziy Osiyo – Koreya» forumida iqtisodiy xavfsizlik masalasi ko‘rib chiqiladi

Joriy yil 23–26 oktabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyada bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Forum kun tartibidan sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, turizm, atrof-muhit va iqtisodiy xavfsizlik sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy va ekspert doiralari vakillari ishtirok etadi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid