O‘zbekiston | 16:26 / 25.10.2022
4533
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Dushanbe yo‘li bo‘yicha subpudrat shartnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

8 mlrd so‘mlik subpudrat shartnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSh dollari evaziga “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘li 130-139 km qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 8 mlrd so‘mlik subpudrat shartnomasini olib berishni va’da qilgan.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida u shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid