Turkiy davlatlar taşkiloti yagona örta alifbo yaratiş masalasini muhokama qilmoqda.

20 oktyabr kuni Turkiyaning Bursa şahrida Turk tili kunining 90 yilligiga bağişlangan seminar ötkazilgan va unda Turkiy davlatlar taşkilotiga yagona alifbo yaratiş böyiça komissiya tuziş töğrisidagi qaror taqdim etilgan.

Bu haqda xabar bergan Turkiya OAVlariga köra, seminarda olimlar öz mamlakatlaridagi alifbo va tarixiy til jarayonlari haqida ma’lumot berib, yagona alifboga ötiş işlarini jadallaştiriş muhimligini ta’kidlagan.

Kun.uz manbalari bu seminarda Özbekiston vakillari iştirok etmagani, ammo hukumat mavzu atrofidagi muhokamalarni jiddiy tarzda kuzatib borayotganini ta’kidladi.

Başarti, turkiy davlatlar örtasida yagona alifbo masalasi kötarilgan ekan, bu qanday ğoya, nimaga xizmat qiladi, nega kerak, qançalik yaşovçan va Özbekistonning bunga pozitsiyasi qanday böladi, degan savollar köpçilikni qiziqtirişi tabiiy.

Kun.uz muxbiri ayni mavzu atrofidagi savollarni adabiyotşunos olim, yozuvçi Uluğbek Hamdamga berdi.

— Uluğbek aka, turkiy davlatlarning yagona alifbosi bu – qanday ğoya, uning tarixiy ildizlari qayerga borib taqaladi? Unga bugun qançalik zarurat bor?

– Alifboning birlik ğoyasi bu juda yaxşi ğoya. Çunki bu birlikka xizmat qiladi. Bursada alifboning 90 yilligiga bağişlab ötkazilgan konferensiyada şunday ğoya örtaga taşlangan. Buni bir ziyoli sifatida qöllab-quvvatlayman. Tarixga nazar taşlaydigan bölsak, Alişer Navoiy asarlarini XVIII asrga qadar Turkiyada ham öqib bemalol tuşunişgan. Ozarboyjonda ham, Qozoğistonda ham xuddi şunday bölgan. Bu öşa alifboning bir xilligi sababli kelib çiqqan. Çunki öşa paytlarda alifbo hammada bir xil, arab imlosida edi. XX asrning boşlarida Abdulla Qodiriyning «Ötkan kunlar»ini boşqa turkiy xalqlar ham tuşungan. Masalan, Tataristonda bu asar qanday sevib öqilgan? Hammasining sababi alifbo birligida. Buni adabiyot nuqtai nazarida tahlil qilyapman. Ammo boşqa sohalardan ham bu ijobiy natija beradi. Misol uçun Qozoğistondagi bir iqtisodçining yozgan kitobini bizning iqtisodçilar bemalol öqib tuşunişgan. Bu yerda til birligi va yakdillik bor.