Turkiyaning Bursa şahrida ötkazilgan «Turk dunyosi umumiy alifbosi böyiça seminar»da yagona alifbo yaratiş böyiça komissiya tuziş töğrisidagi qaror Turkiy davlatlar taşkilotiga (TDT) taqdim etildi.
Seminarda Turk tili jamiyati (TTJ) rahbari Gyurer Gulsevin, TDT oqsoqollar kengaşi rahbari, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi örinbosari Binali Yildirim iştirok etdi.
Seminarda turkiy davlatlar olimlari yagona alifboga ötiş jarayonini jadallaştiriş va uni turkiy davlatlar örtasida tarqatiş muhimligini ta’kidladilar.
Seminar yakunida TDT doirasida «Yagona alifbo yaratiş komissiyasi» tuzişga qaror qilindi. Uning tarkibiga turkiy davlatlarda til siyosati bilan şuğullanuvçi rasmiy tuzilmadan ikki nafar a’zo kiradi.
Turkiy davlatlar taşkiloti 2009 yilda taşkil etilgan bölib, hozirgi vaqtda unga Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Özbekiston a’zo bölgan. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvçi maqomiga ega.
















