Qayd etilişiça, bugungi oğir global iqtisodiy şaroitda eng dolzarb muammo bu – investitsiya jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaşdir.
Jahon moliya bozorida kapitalga bölgan talab va uning narxi tobora oşib bormoqda. Rivojlanayotgan davlatlar uçun uzoq muddatli va “yaşil” kreditlar ajratiş şartlari qiyinlaşmoqda.
"Biz Taşkilotimiz doirasida moliyaviy instrumentlarni joriy etişga jiddiy e’tibor qaratişimiz kerak. Turkiy investitsiya jamğarmasi işini faollaştiriş, bizning taşabbusimiz bölgan Turkiy rivojlaniş bankini taşkil etiş masalalarini körib çiqişimiz zarur, deb hisoblaymiz.
Mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarga xalqaro moliya institutlari va çet el investitsiya kompaniyalarini keng jalb etiş ham dolzarb vazifadir. Bu borada Turkiy investitsiya forumini taşkil etişni taklif qilamiz va uning ilk tadbirini Özbekistonda ötkazişga tayyormiz", dedi prezident.
Yana bir ustuvor masala bu – transport koridorlaridan samarali foydalanişdir.
Örta koridor böylab tranzit tariflarini maqbullaştiriş, çegaralardan ötiş jarayonlarini soddalaştiriş, zamonaviy logistika tizimlari va qöşma operatorlarni yaratiş umumiy manfaatlarga töla javob beradi.
"Taşkilotimiz doirasidagi taşuvlarda elektron hujjatlar aylanmasiga ötiş va ularni özaro tan oliş böyiça köp tomonlama bitimni imzolaşga çaqiramiz.
Bunday dolzarb masalalarni biznes vakillari iştirokida atrofliça muhokama qiliş maqsadida Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk taşuvçilari alyansi bilan hamkorlikda Xalqaro logistika konferensiyasini ötkazişni taklif etamiz", dedi Şavkat Mirziyoyev.








