Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Koreya erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni tezlashtiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» 15-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari rahbarlari tarkibida Seul shahriga tashrifi davomida Koreya bosh vaziri Xan Dok Su bilan uchrashdi.
Koreya Respublikasi tomoni ikki davlat o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha muzokaralar jarayonini tezroq yakunlash muhimligini bildirdi.
Bosh vazir Janubiy Koreya kompaniyalarining O‘zbekistonda tashkil etilgan paxta sanoat klasterlari doirasida to‘qimachilik sanoati sohasida ishtirok etishidan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Xan Dok Su ta’kidlashicha, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar xorijiy investorlar uchun, koreyslar uchun ham O‘zbekiston bozorida o‘z ishtirokini kengaytirishga yaxshi ishoradir.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026