Sönggi kunlarda Ukraina «iflos bomba»ni qöllaşga tayyorgarlik körayotgani va bunda Rossiyani ayblamoqçi ekani haqida köplab rossiyalik siyosatçilar va harbiylar gapirmoqda.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va Turkiyadagi hamkasblariga, Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov esa Buyuk Britaniya mudofaa ştabi boşliği Entoni Radakin va AQŞ ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi Mark Milliga qönğiroq qildi.

Duşanba kuni Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qöşinlari boşliği, general-leytenant Igor Kirillov brifing ötkazdi va unda voqealar rivoji qanday bölişi mumkinligini bayon qildi.

Rossiya harbiylari da’vosiga köra, bombani tayyorlaş uçun kerak bölgan materiallarni Ukrainaning uçta atom elektr stansiyasidan, şuningdek, hozirda faoliyati töxtatilgan Çernobil atom elektr stansiyasidan, radioaktiv çiqindilarni utilizatsiya qiliş joylaridan, kimyo va atom sanoati korxonalaridan oliş mumkin.

«Şu bilan birga, Ukrainada ilmiy baza ham bor, bu – Xarkiv fizika-texnika instituti bölib, uning olimlari SSSR yadro dasturida iştirok etgan. Hozir u yerda turli eksperimental obektlar, şu jumladan «Uragan» termoyadro uskunasi işlayapti. Bundan taşqari, Kiyevdagi Milliy fanlar akademiyasi qoşida Yadro tadqiqotlari instituti ham faoliyat yurityapti. U yerda yuqori faollikdagi radioaktiv materiallar yordamida VVR-M reaktorida tadqiqotlar olib borilmoqda», — dedi Kirillov.

Rossiyalik harbiylarning sözlariga köra, «Ukrainaning ikki taşkiloti «iflos bomba»ni yaratiş böyiça aniq körsatmalar olgan. Işlar yakuniy bosqiçda».

Mudofaa vazirligi özidagi ma’lumotlarga havolalardan boşqa heç qanday dalilni keltirmadi.

BBC muxbiri Stiv Rozenbergning uşbu ayblovlarga dalillarni taqdim etiş haqidagi söroviga Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin umumiy iboralar bilan javob qaytardi.

Uning sözlariga köra, «Ukraina prezidenti Zelenskiy Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida nutq sözlagan 19 fevral kunidan boşlab, insoniyat Kiyev rejimining yadro quroliga ega böliş istagini körib kelmoqda, öşa paytdayoq uning yadro quroliga ega böliş ambitsiyalari ayon bölgan edi».