RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu 23 oktyabr kuni telefon orqali Ğarbning bir neça mamlakatlari - Fransiya, Turkiya, Buyuk Britanii va AQŞ mudofaa vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Şoygu ularning har biri bilan Ukrainadagi «nazorat qilib bölmaydigan darajada kuçayib ketişga moyil bölgan vaziyat»ni muhokama qilgan
RF mudofaa vazirligi xabar qilişiça, Fransiya, Turkiya va Buyuk Britaniyadagi hamkasblari bilan muzokaralar çoğida Şoygu «Ukraina tomonidan „iflos bomba“ qöllangan holda provokatsiyalar amalga oşirilişi ehtimoli yuzasidan öz xavotiri»ni bildirgan. RF mudofaa vazirligi bu versiyani asoslovçi heç qanday dalil keltirmagan. Rossiya harbiy idorasining Pentagon bilan muzokaralar töğrisidagi xabarida rossiyaliklar vaziri muloqot çoğida «ifos bomba» mavzusini kötargani borasida aniq gap keltirilmagan.
Şoyguning muzokaralaridan biroz oldinroq RIA Novosti «Kiyev rejimi Ukrainada „iflos bomba“ bilan provokatsiya tayyorlayotgani» töğrisida xabar bergandi. Rossiya davlat agentligi bunda «turli mamlakatlardagi işonçli manbalari», jumladan Ukrainadagi manbasiga tayangan holda xabar tarqatgan. Agentlikning tasdiqlaşiça, provokatsiya göyoki Rossiyani ommaviy qirğin quroli qöllaşda ayblaş va «bu orqali dunyoda Moskvaga nisbatan işonçga putur yetkazişga qaratilgan kuçli aksilrossiya kampaniyasini boşlaş» uçun tayyorlanmoqda. RIA Novosti xabarida «iflos bomba» göyoki Ukrainada tayyorlanayotgani, Kiyev esa «yadro quroli tarkibiy qismlari Ukrainaga taqdim etilişi masalasida» aloqada bölib turgani aytilgan. Bu ma’lumot boşqa mustaqil manbalar orqali tasdiqlanmagan.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Sergey Şoyguni eskalatsiyani yanada kuçaytiriş uçun bahona sifatida bu kabi bayonotlardan foydalanmaslikka çaqirgan. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Rossiya tomoni taşabbusi bilan taşkillaştirilgan muloqot tafsilotlarini keltiradi.
Vazir Şoygu Ukraina Ğarb davlatlari, jumladan Buyuk Britaniya kömagida Ukrainadagi mojaroni kuçaytirişga qaratilgan harakatni rejalaştirayotganini iddao qildi. Mudofaa vaziri [Ben Uolles] bu ayblovni rad etdi va bu kabi bayonotlar eskalatsiya uçun bahona sifatida foydalanilmasligi kerakligidan ogohlantirdi.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi xabarida ta’kidlanişiça, ikki vazir ham muloqot çoğida özini «professional tutgan va özaro hurmat saqlagan».
Öz navbatida Turkiya mudofaa vazirligi Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Oqar suhbat çoğida Sergey Şoyguga Anqara mintaqada barqarorlikni tiklaşda yordam körsatişga tayyorligini aytganini ma’lum qilgan. «Tomonlar mintaqada vaziyatni yanada çuqurlaştirişi mumkin bölgan ehtimoliy provokatsiyalar qarşisida ogohlikni saqlaş zarurligini qayd etdi», — deya Turkiya mudofaa vazirligiga tayangan holda yozadi Anadolu.













