O‘zbekiston | 10:01 / 27.10.2022
8465
2 daqiqa o‘qiladi

Pasport tizimi qoidalari bilan bog‘liq qonun hujjatlari tizimlashtiriladi

Foto: Kun.uz

“O‘zbekistonda pasport tizimi qoidalari bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

Farmon loyihasi bilan “O‘zbekiston fuqarosi biometrik pasporti to‘g‘risida”, “O‘zbekiston fuqarosi identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida” nizomlar va “Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati” tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining va O‘zbekiston hukumatining ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi nazarda tutiladi.

Farmon loyihasi qabul qilinishi:

  • ichki ishlar organlari boshqaruvidagi yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘inlar vakolatlari doirasi va mas’uliyati chegarasini aniq belgilanishini;
  • ichki ishlar organlari boshqaruvida bir-birini takrorlaydigan vazifa va funksiyalarni bartaraf etish hamda byurokratik ma’muriy to‘siqlarni qisqartirishni;
  • ichki ishlar organlarida qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish va nomarkazlashtirishni;
  • ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni oshirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar faol ishtirokini ta’minlaydi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid