Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Qozog‘istonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi ishida ishtirok etmoqda.
Bugun Ostona shahrida MDHga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi o‘z ishini boshladi.
Tadbir delegatsiya rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Shundan so‘ng so‘ng kengaytirilgan tarkibda uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smoilov raisligidagi yig‘ilishda Ozarboyjon hukumati rahbari Ali Asadov, Belarus hukumati rahbari Roman Golovchenko, Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda, Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov, Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mher Grigoryan va Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Xo‘jamirat Geldimiradov ishtirok etmoqda.
MDH HRK majlisida MDHda iqtisodiy hamkorlik, xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish, foydalanish va investitsiya qilish to‘g‘risidagi bitim, hamdo‘stlik Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish va boshqa qator masalalar muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026