Xalq ta’limi vazirligining Telegram-kanalida har bir tumandan bir nafardan bitiruvçilari oliy ta’lim muassasalariga kirişda eng yuqori natija körsatgan maktab direktori Jöqorği Kenges tomonidan 10 mln söm pul mukofoti bilan taqdirlanişi haqidagi xabarni öqib, oçiği hayron qoldim.

Telegramdan skrenşot

Bugun oliy ta’lim dargohlariga öqişga kirayotgan öquvçilar maktabda olgan bilimi bilan kiryaptimi? Mantiqan olganda direktorni taqdirlaş töğridir.

Rahbar işni töğri taşkil etsa, öqituvçining zimmasiga ortiqça iş yuklamasa, dars sifatini talab qilsa, öqituvçi öquvçiga yaxşi ta’lim beradi. Yaxşi öqigan öquvçi esa öqişga kiradi.

Direktor rağbatlantirilganidan söng özi işlayotgan dargohda ta’lim sifatini oşirişga yanada köproq e’tibor qaratadi. Öquvçilari öqişga kirgan öqituvçilarni rağbatlantiradi. Rağbat, mehnatlarining e’tirof etilişi kimga yoqmaydi, deysiz. Öqituvçi ham öquvçilarni öqitişning zamonaviy va samarali usullarini izlab öz ustida işlaydi.

Lekin maktablarda vaziyat öylaganimizdan boşqaçaroq. Öqişni davom ettirmoqçi bölgan öquvçi maktabga emas, repetitorga boradi. Öquv markazlari bitiruvçi sinflar bilan töla. Yigit-qizlar çet tilidan sertifikat olişga bor diqqatini qaratgan.

“Tezroq til sertifikati olsam, keyin qolgan fanlarga tayyorlanaman. Maktabga çoraklik nazoratlar boşlanganda boraman. Sinf rahbarimga onam tuşuntirganlar, öqişga tayyorlanayotganimni. Maktabimizda menga öxşaganlar köp”, deydi ingliz tilidan repetitorga qatnayotgan qizlardan biri.

Til sertifikati olsa, maktabga “plyus”, mana bu maktab öquvçisi mana bunça körsatkiç bilan til sertifikati oldi, deb ingliz tili öqituvçisi yoki direktor öquvçi bilan tuşgan rasm ijtimoiy tarmoqlarda aylanadi.

Öqişga kirsa, yana mana bu maktabdan mana bunça foiz öquvçi universitetga öqişga kirdi deyişadi. Heç kim ota-onasi repetitorga bergani uçun öqişga kirdi demaydi.

Balki bolasining ta’lim olişi uçun şaroit yaratib berayotgan, özi yemay-içmay farzandlarining qöşimça darslari-yu, darsliklariga pul topayotgan ota-onalarni rağbatlantiriş kerakdir?!

Qöli yupqa bölsa ham bir neça nafar farzandini “kontrakt” öqitayotgan otalarni, onalarni taqdirlasak köproq foyda bölarmidi, deyman-da.