Turkiston innovatsiyalar universiteti va Namangan xalqaro universiteti sud ularning işini 15-20 daqiqada körib, litsenziyasini bekor qilib taşlaganini aytyapti. Oliy ta’lim vazirligi esa “sukunat rejimi”ga ötib olgan. “Yoş ziyokor” nodavlat ta’lim muassasalari uyuşmasi raisi Rasul Kuşerbayev xususiy OTMlarga sun’iy tösiq qöyilayotgani, agar şunday davom etaversa, özbek talabalari va investorlarning xorijga “oqib ketişi” keskin köpayişini aytdi.

Oliy ta’lim vazirligi nodavlat oliygohlar bilan sudlaşib yurgani yoki ayrim xususiy OTMlarning yopilib ketayotgani maşmaşalari oxirgi 1 yilda köpaydi. Buning orqasidan minglab talaba va xodimlar sarson bölyapti.

Kun.uz Buxorodagi Turkiston innovatsiyalar universiteti va Namangan xalqaro universitetida ötkazilgan tekşiruv va sudning ularga qöygan ayblovlari yuzasidan suriştiruv olib bordi.

Tekşiruv qaysi asosga köra olib borilgan?

2023 yil may oyida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Özbekistondagi ayrim nodavlat OTMlarda litsenziya talablari bajarilganini örganiş töğrisida buyruq çiqargan. Şu asosga köra, Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti, Namangan xalqaro universiteti, Renessans universiteti va Toşkent texnologiyalar universiteti kabi bir neçta oliygohda tekşiruv ötkaziladi. Natijada yuqorida nomi sanalganlarning barçasida turli kamçiliklar aniqlanadi.

Şu örinda muhim jihat: vazirlik tekşiruv ötkaziş uçun Adliya vazirligining 2023 yil 24 fevraldagi xatini asos qilib keltirgan. Bu xatda Adliya vazirligi OTFIVga lisence.gov saytidagi 3ta (132045, 140090, 149994 sonli) arizani bekor qiliş Adliya vazirligi emas, sud qarori bilan bölişini tuşuntirgan. Lekin ular içida TYIU va NamXU yöq. Şunga qaramay bu ikki universitet ustidan ham sudga ariza berilgan.

Aytib ötiş kerak, nodavlat OTMlarga 2023 yil yanvarigaça Ta’lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi litsenziya bergan. Lekin 2022 yil dekabr oyidagi ma’muriy özgarişlar sabab bu inspeksiya tugatilib, nodavlat oliygohlarni litsenziyalaş OTFIVga