Lisenziyasi bekor bölgan nodavlat OTM talabalari yönalişi, kontrakt pullari miqdori özgariş yoki özgarmasligi, öqişni qaysi holatda davom ettirişi haqidagi savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boşliği Abduvali Xoliqov javob berdi.

Vazirlik vakili ma’lumotiga köra, hozir 3 ta OTM faoliyati oxirigaça bekor qilingan. Bular Valley, Binari va Namangan xalqaro universiteti oliygohlari hisoblanadi. NamXU böyiça 7 martagaça sud jarayoni kuzatilgan.

Mas’ulning tuşuntirişiça, yakuniy bosqiçda ham OTM litsenziyasi bekor qilinsa, OTFIV oliy ta’lim muassasasiga borib, talabalarning taqdirini hal qiliş böyiça şuğullanadi.

“Hozir NamXUning 6 mingdan oşiq talabasidan ariza olganmiz. Biz qonunga amalga qilgan holda, barça talabalardan vazirlik nomiga ariza yozdirdik. Ular nodavlat OTMning xohlagan yönalişiga ariza yozişdi, arizalarni yiğib, davlat maxsus komissiyasiga berdik. Yaqin kunlarda tasdiqlansa, OTMlarga barça arizalarni taqdim etamiz va qonuniy ravişda nodavlat OTMda öqişni davom ettiradi. Lisenziyasi bekor qilingan OTMga qonuniy qabul qilingan birorta talaba köçada qolmaydi”, – dedi u.

Xoliqovning qöşimça qilişiça, litsenziyasi bekor bölgan OTM talabalariga nodavlat OTMga hujjat topşiriş majburiyati qöyilmaydi. Ular davlat OTMga ham öqişini köçirişi mumkin va uning imtihonlari yozda ötkaziladi. Talaba xohlasa, semestri tugagunça nodavlat OTMda öqib, yozda yana davlat oliygohlariga öqişni köçirişga ariza berişi mumkin.

“NamXUdagi deyarli 95 foiz talaba nodavlat OTMga ötişga ariza bergan. Nodavlatlardagi talabalarni qabul qiliş siğimidan kelib çiqib, ular bilan ham gaplaşdik. Ularning roziligi olingan. Şuningdek, rektorlar talabalar NamXUdagi kontrakt summasi bilan bir xil miqdorda kontrakt tölaşiga, öquv yili davomida qolib ketgan kreditlarini topşirişiga ruxsat bergan. Qaror çiqquniça kunduzgi ta’limda öqiydigan talabalar norasmiy ravişda darsga qatnab turibdi. Vazirlik bunga ruxsat berdi”, – dedi vazirlik vakili.

Şu bilan birga mas’uldan yurisprudensiya yönalişidagi talablari bor nodavlat OTM yopilsa, ularning talabalari qaysi nodavlat OTMga hujjat topşirişi mumkinligi söraldi.

Xoliqov nodavlat OTMdan yurisprudensiya yönalişi Kasaba uyuşmalari akademiyasida borligini, agar u yerda talabalar qabul qiliş siğimi yetmasa, ular davlat yuridik yönalişida öqitadigan OTMga test topşirişga majbur bölişini bildirdi.

Lekin talaba davlat OTMga test topşirib, testdan ötolmasa, uning taqdiri nima bölişi haqidagi savolga oydinlik kiritilmadi. Mas’ul buning huquqiy asosi yöqligini aytiş bilan çeklandi.