Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashabbusli budjetlashtirishda g‘olib deb topilmagan 364 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
“Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil iyul–sentabr oylarida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 335 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
2023 moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Hokimliklar budjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Qarorga ko‘ra:
tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumi – har yili fevral–mart oylarida, ikkinchi mavsumi har yili iyun–iyul oylarida;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
20:39 / 11.04.2026
Xonandalar to‘lagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
07:33 / 21.02.2026