Oktyabr oyi boşida 20 nafarga yaqin mariupolliklar Leningrad oblastidagi vaqtinçalik joylaştiriş markazidan Mariupolga olib ketilgan. Bu birinçi marta sodir bölayotgani yöq: avgust oyida ham mariupollik kişilar öz ona şahriga qaytarilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Rossiyadagi ukrainaliklarga yordam beruvçi mustaqil köngillilar Rossiya hukumati mariupolliklarni ataylab manipulyatsiya qilayotgani va ularni hayot uçun yaroqsiz şaharga qaytişga köndirayotganini aytmoqda. Jurnalistlar mana şunday köngillilar va Mariupolga qaytib kelgan ukrainalik ayol bilan suhbatlaşdi.
Ivan köli Pskov şahridan taxminan 240 km uzoqlikda. Bu yerda, sohilga yaqin qarağay örmonida Opuxliki qişloği, uning yonida «Moviy köllar» pansionati joylaşgan. Opuxliki qişloğining özida, 2010 yilgi ma’lumotlariga köra, uç yuzdan kamroq odam yaşaydi.
Ota-onasi Opuxlikiada uy-joyiga ega bölgan moskvalik Yuliya (qahramonning iltimosiga binoan ismi özgartirilgan) Opuxlikini «yöqolgan şahar tipidagi posyolka» yoki «sanatoriyadan boşqa heç narsa yöq» getto deb ataydi.
Oldinlari Yuliya Opuxlikiga oilasini köriş uçun kelib turardi. Hozir unda boşqa sabab ham paydo böldi: may oyi oxirida u mahalliy aholidan «Moviy köllar»ga «ukrainalik qoçoqlar» olib kelinganini eşitdi. Oblast ma’muriyati ularga dam oluvçilar bilan yonma-yon istiqomat qiliş uçun pansionatdan bepul xonalarni ajratib berdi.
Rossiya hukumati ularni qoçoqlar deb atadi, biroq bu yerda nafaqat uruşdan qoçganlar, balki rossiyaliklar tomonidan bosib olingan hududlardan majburan köçirib keltirilganlar ham yaşayotgandi.
Bundan taşqari, Rossiyaga ketiş uruşdan qoçişning yagona xavfsiz yöli bölgani uçun ham bu yerga kelganlar bor edi. Ukraina nazorati ostidagi hududlarga boriş uçun Rossiyaning köplab nazorat-ötkaziş punktlaridan ötiş lozim bölib, bunday punktlar oldida bir neça kilometr uzunlikdagi navbatlar paydo bölardi. Qolavera, bu yerda otişma içida qolib ketiş ham mumkin.
«Birinçi marta kelganimizda, tasodifan bu yerda mariupollik odamlar yaşaşini bilib qoldik. Hatto eng yaqin yirik şahar Velikiye Lukida ham bu haqda heç kim bilmasdi. Biz pansionatga bordik va bizga «qöriqçilar bilan boğlaning, ular qoçqinlar qaysi xonalarda yaşaşini biladi» deb aytişdi. Qöriqçi postida uyqusirab yotgan ikki yoş politsiyaçi bor edi. Ular bizga: «Köngillilar kim özi? Sizga nima kerak? Narsalaringizni taşiş uçun yordam kerakmi?» deb savol berişdi. Va ular bizga narsalarimizni (gumanitar yordamni) qoçoqlar xonalariga tarqatişda yordam körsatdi.
Mavzuga oid
May oyida Yuliya va uning ikki dugonasi ukrainaliklarga yordam bera boşladi. Köngillilar kiyim-keçak, dori-darmon va maişiy kimyo vositalarini yetkazib berib turdi, hujjatli işlarda yordam berdi. «Meduza» naşri suhbatdoşlari sözlariga köra, rayon ma’muriyati bu qoçqinlarning barçasini ijtimoiy ta’minlaşi kerak, biroq ular buni qilmayapti.
Avgust oyiga kelib, Yuliya va boşqa mustaqil köngillilar «Moviy köllar» pansionatiga muntazam ravişda insonparvarlik yordamini yetkazib berişni yölga qöyişga muvaffaq böldi.
Ammo bu tizim işlay boşlaşi bilan köngillilar umuman kutmagan voqea yuz beradi. Bir kuni keçqurun ukrainaliklar keçki ovqat qilayotgan pansionat oşxonasiga ma’muriyat vakillari kirib keladi va ertadan avtobuslar «Moviy köllar»dan qatnay boşlaşi, ularda kim xohlasa Mariupolga bepul qaytişi mumkinligini e’lon qiladi.
«Keçki soat töqqizda ularga ketiş kerakligi aytildi. Ertalab soat töqqiz yarimlarda mariupolliklar (oçiq manbalarga köra, 60 ga yaqin odam) yölga çiqib ketdi. Ularda yölga tayyorlaniş uçun faqat bir keça böldi», – deydi «Moviy köllar»ning yana bir köngillisi Stanislava (ismi özgartirilgan).
«Pansionatga kelgan ma’muriyat vakillarida Mariupolga qaytmoqçi bölganlar röyxati bor edi, heç kimni majburlaşmadi. Bu röyxat qanday qilib tuzilganini bilmayman», – deya qöşimça qiladi Yuliya.
Opuxlikidan Mariupolga qaytiş rejasi köngillilar uçun kutilmagan böldi. Biroq köplab ukrainaliklar bunday imkoniyatni uzoq vaqtdan beri kutayotgandi. Mariupolda yaşovçi Oksana (ismi özgartirilgan) «Meduza» naşriga aytişiça, iyun oyida pansionatdagilar yordam sörab Pskov va mintaqaning boşqa bir şahri — Nevel rasmiylariga murojaat qilgan.
«Biz ijtimoiy xizmat xodimlaridan (mintaqaga olib kelingan qoçqinlar masalalari bilan şuğullanuvçi Nevelsk ijtimoiy xizmati), söngra gubernator maslahatçisidan qaytişga yordam berişini söradik.
U yordam berişni va’da qildi, lekin gubernator mablağ ajratişi hamda Rossiya va Ukraina örtasidagi çegara oçilişini kutişga majbur böldik. Bizga çegarani kesib ötiş xavfli bölişi mumkinligini aytişdi. Ketmoqçi bölganlar Pskov gubernatori nomiga ariza yozib, kutişni boşladi», – deydi Oksana.
Yuliyaning sözlariga köra, Mariupol aholisi yuklarini oldindan yiğib, bir neça oy davomida tayyor çamadonlar bilan yaşagan.
«Ukrainada nima bölayotganini tuşunganlar va aqlliroq, jasurroq, ayyorroq bölganlar uruşning birinçi oylaridayoq Yevropaga yoki Ukraina nazorati ostidagi hududlarga ötib ketgan. Kimdir pansionatdan qoçib, Rossiya içiga qarab ketdi. Ammo köpçilik dastlab bu yerda qiyin kunlarni ötkaziş va Rossiya fuqaroligini olgandan keyin yana Mariupolga qaytişga qaror qildi. Migratsiya xizmati ularga Rossiya pasportlarini berganida, ularda allaqaçon ketiş iştiyoqi kamaygandi.
Mariupolda yaşovçi Oksana iyun oyidan beri öz şahriga qaytişni kutmoqda. Avvaliga heç qanday natija bölmadi va avgust oyi örtalarida oblast ma’muriyati tösatdan odamlarning Mariupolga jönab ketişi uçun hamma narsa tayyorligini e’lon qildi. Ertasi kuni ertalab bir neça avtobus «Moviy köllar»dan Pskovga jönadi. U yerdan odamlar Rostov-Donga ketuvçi poyezdga ötkazildi va u yerdan yana avtobuslarga va nihoyat Mariupolga.
«Ular jönab ketgan avtobuslar xalqaro emas, balki şaharlararo bölib, konditsionersiz, qariyb «pazik» (sovet davridagi eski avtobus) tipidagi avtobuslar edi. Havo harorati esa 30 daraja edi. Uşbu avtobuslarga ötirgan ukrainaliklardan biri yarador bölgandi. Filtrdan ötgandan keyin (Donetsk oblastidan Rossiyaga ötişda) u kasalxonaga yotqizilgan va Opuxlikiga yuborilgandi. U bu yerda uç oy yaşadi va Mariupolga qaytişda uning yarasi oçildi.
«Yölda unga yordam beradigan heç narsa yöq, faqat köngillilar bergan dori-darmonlari bor edi. Agar bu la’nati paxta bölmaganida, men unga nima bölişini tasavvur ham qilolmayman. Ular Mariupolga yetib borganda, unga darhol tez yordam çaqirişgan. Tez yordam kelişi bilanoq: ‘bizda heç narsa yöq, hatto bint ham. Keçirasiz, yordam bera olmaymiz’ degan», – deydi Yuliya.
«Odamlar hissiyotga berildi»
«Tsaritsyno Ozero» pansionatida taşkil etilgan vaqtinçalik joylaştiriş markazida (Sankt-Peterburgdan uç soatlik yöl) ukrainalik qoçoqlarni Mariupolga jönatiş uçun taxminan bir oy davomida tayyorgarlik köriladi. Avgust oyida mustaqil köngillilar «Yedinaya Rossiya» partiyasi (prezident Putinning partiyasi) köngillilari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari qaytişga tayyor bölgan ukrainaliklar röyxatini tuzayotganidan xabar topdi.
Avgust örtalaridan Mariupol aholisi köngillilardan elektr çoynak va dazmollar olib kelişni sörab, mahalliy örmonlardan terilgan qöziqorin va yovvoyi mevalardan qişga tayyorgarlik köra boşlaydi.
«Biz ukrainaliklarni Mariupolga qaytiş fikridan qaytariş uçun qölimizdan kelganini qildik, çunki bu xavfli edi. Afsuski, bu qiyin böldi. Ukrainaliklar bizga keskin javob berdi: ‘jim böling, biz nihoyat uyga qaytamiz, siz esa bizga xalal beryapsiz», – deydi huquq himoyaçisi va «Tsaritsyno Ozero» pansionati köngillisi Diana Ramazanova.
«Yedinaya Rossiya» köngillilari va davlat idoralari vakillari nafaqat Mariupolga bepul transportni taklif qildi, balki ukrainaliklarni qaytiş kerakligiga har tomonlama işontirdi. Misol uçun, agar ukrainaliklar yaqin kunlarda Mariupolga bormasa vayron bölgan uylari uçun tovon puli ololmasliklari haqida aytişdi. Bu haqda «Meduza» naşriga Diana Ramazonova va yana bir köngilli Larisa (ismi özgartirilgan) xabar berdi.
«Moviy köllar»da işlaydigan Stanislavaning sözlariga köra, avgust oyida ukrainaliklarni Mariupolga qaytariş uçun bu yerda ham xuddi şunday holat sodir bölgan.
Uning aytişiça, Opuxlikidagi pansionat qoçqinlari orasida uy-joy masalasini hal qiliş uçun vaqtinçalik Mariupolga borib, keyin Rossiyaga qaytişni rejalaştirgan bir neça kişi bor edi. Ukrainaliklar Mariupolga ketganidan birmunça vaqt ötib ulardan biri, köp farzandli ota köngillilar bilan boğlanadi va ulardan kompensatsiya uçun ariza yozişga yordam berişni söraydi. Uning oilasi pansionatda qolgandi. Erkak şuningdek Opuxlikiga qaytiş böyiça ham yordam söragan.
Mariupoldagi vayron bölgan turar joylardan biri
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupoldagi yoyma bozor. 2022 yil 25 sentabr
Foto: EPA / Scanpix / LETA
Mariupoldagi poçta bölimida pensiya uçun navbat. 2022 yil 19 oktyabr
Foto: Valeriy Şarifulin / TASS
Stanislavaning sözlariga köra, pansionatdagi odamlarni Mariupolga bepul olib ketişgan, ammo erkakni köngillilarning özlari qaytarib olib kelişga majbur bölgan. Köngillilar uning yöl haqini tölagan va yölni tuşuntirgan hamda tunaş uçun Moskvadan joy ham topib bergan.
Köngillilar rasmiylar nega ukrainaliklarni Mariupolga qaytarişni taşkil qilayotganini bilmaydi. Ular Rossiya hukumati şu yöl bilan şahar qayta jonlanayotganini körsatmoqçi deya taxmin qilmoqda. Boşqa taxminga köra, Rossiya Ukraina qarşi hujumi kuçaygan taqdirda bu insonlardan «tirik qalqon» sifatida foydalanmoqçi.
Şu bilan birga, «Meduza»ning prezident ma’muriyatiga yaqin manbasi ma’lum qilişiça, Rossiya rasmiylari hozirda Mariupolga Ukraina qurolli kuçlarining hujumini kutmayapti va bu borada heç qanday çoralar amalga oşirilgani yöq.
Ukraina ommaviy axborot vositalari sentabr oyi boşida Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi xabariga tayanib, odamlar Mariupolga qaytayotgani haqida yoza boşladi. Öşa paytda ukrainalik harbiylar Rossiya «Rossiyaga qöşiliş böyiça referendum»da köproq iştirokçilar qatnaşişini xohlayotgani uçun ham buni amalga oşirayotgani haqida gapirgan.
Yuliyaning aytişiça esa, Rossiyadagi qoçqinlar hayoti uçun mas’ul bölgan davlat idoralari bu odamlarga vaqt va pul sarflaşdan şunçaki çarçagan.
«Şimoliy-ğarbiy mintaqa Rossiyaning markaziy qismidagi eng boy hudud emas. Umuman olganda, Pskov oblasti, menimça, qaşşoqlik böyiça yetakçi. Mahalliy Nevelsk rayoni ijtimoiy xizmatiga bu baxtsiz qoçqinlarni barça zarur narsalar bilan ta’minlaş topşirildi. Ijtimoiy xizmat boşliği esa menga şunday dedi: ‘Böldi, biz ularga 10 ming rubldan tarqatdik, bizda qoçqinlar uçun boşqa heç narsa yöq, lekin ular yana va yana söraşda davom etmoqda’».
Aynan ijtimoiy xizmat ukrainaliklarning ortga qaytişini eng köp xohlagan. Menimça ulardan qoçoqlarga qanday şaroitlar yaratilayotgani haqida tinmay söraşadi, ammo heç kim bu uçun mablağ ajratmaydi.
«Bir kuni nogiron, bolasi bor ayol qayerga boradi deb söraganimda ijtimoiy xizmat boşliği: ‘Bu yerda ularga nima bera olaman? Ular uyda yaxşiroq yaşaşlari mumkinʼ deb javob berdi», – deydi Yuliya.
«Biz har doim ham u yerda nimalar yuz berayotgani haqida aniq axborotga ega emasmiz»
Köngillarning sözlariga köra, ukrainalik qoçqinlar uçun taşkil etilgan vaqtinçalik joylaştiriş markazlariga hamma yerda ham kiriş oson emas. Masalan, Piterdagi bunday pansionatlarga faqatgina davlat köngillari kira oladi. Ba’zi joylarda esa kirişda umuman muammo yöq.
Köngillilar kiriş taqiqlangan pansionatlardagi qoçoqlar bilan aloqa örnatişga qiynaladi.
«Rasmiylar pul qolmaganda qoçoqlarni köngillilardan pul söraş uçun yuboradi. Biz har doim ham u yerda nimalar yuz berayotgani haqida aniq axborotga ega emasmiz. Ukrainaliklar bilan uzoq suhbat va ularni qaytiş fikridan voz keçişga köndiriş haqida gapirmasa ham böladi», – deydi köngillilardan biri.
Mustaqil köngillilar ukrainaliklar bilan asosan gumanitar yuklarni berayotganda körişadi va ularda davlat köngillilari yoki FVV xodimlari kabi vaqt köp bölmaydi.
Köngillilarning ukrainaliklarni işontirişga urinişlariga qaramay, ular hali ham şaharga qaytmoqda. Odamlarni Ukrainadan Yevropaga evakuatsiya qiluvçi «Ketişga yordam beramiz» taşkiloti köngillisi Natalyaning aytişiça, odamlarni vayron bölgan uy-joylari uçun kompensatsiya olişga işontiriş orqali Rossiya hukumati ularni «manipulyatsiya qilmoqda». Mariupol aholisining özi esa şaharda yaşaş qançalik xavfli ekanligini töliq his qilmayapti.
«Şahar xaritasida buzilgan uylar körinib turibdi. Şahar uruş sabab butunlay vayronaga aylangan. Odamlar uy-joy uçun heç bölmaganda biroz pul kompensatsiya qilinişiga işonib, qaytib bormoqda. Men mahalliy rasmiylarga işonmagan bölardim. Heç kim tölamasligi ehtimoli yuqori bölgan bu xayoliy kompensatsiya — vayron bölgan şaharga qaytiş va hayotni xavfi ostiga qöyişga arzimaydi», – deya qöşimça qiladi u.
Mart oyida Mariupol şahar kengaşi Rossiya armiyasi şahardagi uy-joy fondining 80 foizini vayron qilgani haqida xabar bergan edi. Rossiya hukumati esa uy-joy fondining 20 foizi ta’mirlab bölmas darajada ekanini ma’lum qildi va 2024 yilgaça şaharning asosiy qismini tiklaşga va’da berdi. Oktyabr oyida The Village naşri Mariupolni tiklaşning boş rejasini qölga kiritdi, unga köra Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat şaharni 2035 yilgaça tiklaşni rejalaştirgan.
«Ular bitta turar joy majmuasini quradi va ‘Mariupol qayta tiklanmoqda’ deb jar soladi. Va odamlar, şundan söng, albatta, uyga qaytişga umid qiladi. Rossiyadan Yevropaga ketayotgan ukrainaliklar eski Mariupolning endi yöqligini tuşunadi. Qaytişni xohlaydiganlar esa, qoidaga köra, axborot böşliğida yaşaydi, ular televizorga işonadi. Ular şaharda nima bölayotganini bilmaydi», – deydi Natalya.
Mariupoldagi Mir prospekti va Kuprin köçasi kesişmasidagi yangi kvartal. Uning qurilişi bilan RF mudofaa vazirligi harbiy-quriliş kompleksi şuğullangan. Bu yerda 1011 kvartiraga ega 12 ta beş qavatli uy qurilişi möljallangan. 2022 yil 9 sentabr
Vladimir Gerdo / TASS
«Heç kim televizorni mağlub eta olmaydi. Heç bir köngilli u bilan bahslaşolmaydi va soğlom fikr bunda yordam bermaydi. Ularning (qoçoqlarning) barçasi Mariupolning gullab-yaşnayotgani va tiklanayotganiga mutlaqo işonçlari komil. Ularni borişga hali erta ekanligi, u yer xavfsiz emasligi, suv, elektr yöqligiga köp marta işontirişga urindik. Ular esa «Televizorda aytişdi, hamma narsa bor» deb javob berdi. Bir erkak Mariupoldan Rossiyaga kelişda çegarani kesib ötişi bilan rus harbiylari uning barça dori-darmonlarini olib qöyganini aytdi. U birmunça vaqt Opuxlikida televizorni öçirmasdan yaşadi va tez orada undan narsalarini tortib olganlar «yovuz ukrainalik harbiylar» ekanligini ayta boşladi», – deya hikoya qiladi Yuliya.
Natalyaning aytişiça, ukrainalik qoçoqlar Mariupoldagi hayot Rossiya yoki Yevropadagidek yaxşiroq deb öylaydi. Biroq ular kelişi bilan şahar 2021 yil yozidagi şahar emasligini köradi va ularni qaytarişni söray boşlaydi. Ularni ortga qaytariş esa olib borişdan ança qiyinroq.
Larisa ukrainalik qoçoqlar uçun Rossiyada heç qanday kelajak yöq deb hisoblaydi.
«Ularning köpçiligi pensiya yoşiga yaqin va pensiya yoşidagi odamlar. Ularni köpçilik işga olişni xohlamaydi, turli bahonalar qilişadi (masalan, fuqaroligi yöqligini aytişadi). Qolaversa, qoçqinlarga taklif qilinayotgan iş ular oldin şuğullangan yumuş emas va jismoniy jihatdan ham ança oğir işlar.
20-30 yillik iş tajribasiga ega bölgan hamşira 17 ming rubl evaziga farroşlik qilmoqda, ikki oliy ma’lumotli ayol esa manikyurçi. Ularning bunga rozi bölişdan boşqa çorasi yöq. Çunki boşqa iş yöq. Yana ham yoş va soğlom ayollargina iş topa oladi. Ammo 70 yoşli kasal ayollar oyiga 17 mingga pol yuvib, çelakda suv olib yurolmaydi», – deya qöşimça qiladi u.
Pansionatlarda yaşayotgan ukrainaliklarning ma’muriyat tomonidan beriladigan kunlik 900 rubldan boşqa puli yöq. Ular köngillilar ularga nima olib kelişiga va ma’muriyat nima berişiga töliq qaram bölib qolgan. Şu bois, hukumat köngillari ularni Mariupolga qaytişga osongina işontirmoqda.
«Pansionatdagi odamlar butkul tuşkunlikka tuşgan. Ularning köpçiligi umidsizlikdan içadi. Biz ayvonlar va yerlarda mast bölib yotganlarni köp köramiz. Ehtimol, ular oldin ham içişgan, ammo hozirgi tuşkun, qiyin holatda yanada köp alkogol iste’mol qilişyapti. Keksalar uyga qaytişga harakat qiladi. Ular eskiça ‘qayerda tuğilgan bölsam, öşa yerda ölamanʼ ğoyasiga sodiq. Heç qanday mantiqiy dalillar ularni bu fikridan qaytara olmaydi», – deydi Larisa.
«Vaqt ötişi bilan barçasiga könikasiz. Hatto vayron bölgan şaharga ham»
«Albatta, biz pansionatda şahrimiz va uyimizni soğindik», deydi avgust oyi oxirida Opuxlikidan Mariupolga qaytgan ukrainalik Oksana.
«U yerda hamma narsa taniş edi va u yerda bizning köplab döstlarimiz qoldi. Ammo biz vaziyat va noma’lum kelajakdan qörqardik. Men har keça uyim va Mariupolni tuşimda körardim: bizni qayta-qayta bombardimon qilişardi va bu hatto tuşimda ham qörqinçli edi», – deydi u.
Oksana va uning eri dastlab Rossiyada qolişni öylagan. Bir kuni pansionat aholisini Pskov şahriga ekskursiyaga olib borişadi va Oksanada şahar haqida yaxşi taassurot qoladi. «Qadimiy, sokin va qulay» deydi Oksana Pskov haqida.
«Agar Mariupolda qaytişga joyimiz bölmaganda ehtimol biz Pskovda qolardik. Lekin baribir ketişga qaror qildik. Iqlim ham biz uçun unçalik mos emasdi. Biz iliq havoga, Mariupoldagi mazali sabzavot va mevalarga örganib qolganmiz. Özimizning tomorqamiz, boğimiz bor edi, köp narsalarni özimiz yetiştirardik. Rossiyada esa çetdan keltiriladigan va ta’msiz mahsulotlar köp», – deydi Oksana.
U Mariupolga kelganida hayratda qoldi va bu işi xato bölganini sezdi. Oksana şaharga eng vayrona holatda bölgan şarqiy kvartaldan kirib keladi.
«Dastlabki uç hafta davomida biz hayotiy şaroitlarni yaratdik. Bizda ikki uy bor edi: biri vayron bölgan, biri omon qolgan. Omon qolgan uyimizni tozaladik. Kelganimizda na suv, na elektr, na gaz bor edi. Uç hafta ötib suv berişdi, bir yarim oydan keyin esa elektr. Ovqatni boşida olovda pişirdik, keyin gaz ballon sotib oldik. Elektr kelganidan söng esa elekr plita ham xarid qildik.
Vaqt ötişi bilan hamma narsaga könikar ekansiz. Hatto şahar vayronaga aylanganiga ham e’tibor bermay qöyasiz . Siz şunçaki işingizga şoşilasiz, atrofga qaraşga vaqtingiz yöq böladi», – deya ilk kunlarini tasvirlaydi Oksana.
Ukraina nazorati ostidagi hududlarga jönab ketgan mariupolliklar şaharda elektr va suv ta’minotida jiddiy muammolar borligini aytmoqda. Oksana va uning eri boyleri (ariston) bor döstlarinikiga yuvinişga boradi. Mariupolda isitiş tizimi ham yöq. Birinçidan, rus armiyasi şaharni öqqa tutiş vaqtida isitiş tizimini buzib taşlagan, ikkinçidan esa, bahorda ba’zi fuqarolar batareyalardagi texnik suvni tökiş uçun isitiş quvurlarini sindirgan, çunki ularda boşqa içimlik manbasi yöq edi.
12 oktyabr kuni şahar meri maslahatçisi Petro Andryuşçenko ham Mariupoldagi gaz va isitiş muammolari haqida gapirdi. Uning sözlariga köra, odamlar hali ham köçadagi olovda ovqat pişirişga majbur, köplari pod’yezd va yertölalarda yaşayapti.
Şaharda qolgan aholining aytişiça, odamlar singan derazalarni karton yoki plyonka bilan tösmoqda, çunki ular «DXR» rasmiylaridan yordam kelişiga işonayotgani yöq.
Rossiya tayinlagan ma’muriyat Mariupolda bir neçta yangi turar joy binolari qurdi va yil oxirigaça Rossiya hukumati bundan ham köproq binolarni foydalanişga topşirişga va’da berdi. Ammo Petro Andryuşçenkoning ta’kidlaşiça, faqat rossiyaparast pozitsiyadagi odamlar yangi uy-joy olişlari mumkin.
Bularning barçasiga qaramay, Oksana qaytib kelganidan afsuslanmaydi va kelajakda hammasi yaxşi bölib ketişiga işonadi. Uning nafaqadagi eri va voyaga yetgan öğli qurilişda işçi bölib işlaydi.
«Qaytganimizdan deyarli ikki oy ötgaç, biz nihoyat uyda ekanligimizni his qildik. Biz döstlarimiz va tanişlarimiz bilan uçraşdik, çunki köpçilik qaytib kelmoqda. Yanada köproq odamlar qaytişni xohlardi, biroq uylari vayron bölgan. Köpçilik böş kvartiralarda, qarindoşlari yoki döstlarining uylarida yaşayapti», – deydi Oksana.
Larisa şaharning qaytgan aholisi qişdan omon ötişidan xavotirda. U pansionatdagi köpçilik nafaqaxörlar bölgani, ular uçun Mariupolda dori-darmon ham, şifokor ham yöqligini ta’kidladi. Bundan taşqari, u Ukraina armiyasining Mariupolni qaytarib olişga harakat qilişi va şahar aholisi yana uruş zonasida qolib ketişidan qörqmoqda.
Mustaqil köngillilar qoida tariqasida odamlarni xavfli, yaşaş uçun yaroqsiz joyga yubormaslik uçun Mariupolga qaytayotganlarga yordam bermaydi. Natalya ham bu harakatni qöllab-quvvatlaydi, uning aytişiça, odamlar eng yaxşi şaroitda devorlarining yarmi qulagan, issiq suv va gaz bölmagan uylarga borişmoqda.
Köngillilarning Rossiya tayinlagan ma’muriyat mariupolliklarga yordam bermasligiga işonçi komil.
«Biz ukrainaliklarga faqat öz kuçiga tayanişlari kerakligini va ularda kuç yetişmasligi mumkinligini aytişga harakat qilmoqdamiz, ammo harakatlarimiz besamar ketmoqda», – deydi Diana Ramazanova.
Mariupolliklarning telegramdagi çatlarida mahalliy aholi uy-joy uçun kompensatsiya olişdagi qiyinçiliklar haqida yozmoqda. Mariupolga qaytgan Oksana ham xavotirlana boşladi, komissiya uning vayron bölgan uyidagi zararni baholadi va şundan söng boşqa yangilik bölmadi.
Rossiyalik köngillilar ukrainaliklarga Mariupolda yordam bera olmasliklarini aytmoqda. Buning uçun ularda mablağ ham, imkoniyat ham yöq. Ukrainalik köngillilar uçun esa bu yer xavfsiz emas. Martda ruslar şahardan 21 kişini öğirlab ketib, yuz kun davomida qamoqda saqlagan va qiynoqqa solgandi.
«Meduza» suhbatdoşlarining sözlariga köra, Rossiya hukumati nafaqat pansionatlarda yaşovçi ukrainaliklarni qöllab-quvvatlamaydi, balki ularning örniga bu işni qilişga tayyor bölgan köngillilarning xotirjam işlaşiga ham yöl bermaydi.
«Buni kuzatiş juda oğir. Bu insonlar bugunidan ham, kelajakdan ham mahrum bölgan odamlardir. Ular heç kimga kerak emas, şuning uçun ular öz hayotlarini nazorat qila oladigan joyga qaytişni xohlaşadi. Ammo, afsuski, u Mariupolda endi bölmaydi», – deydi Larisa.