Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunga o‘zgartirish kiritilayotganda zaruriyati, sabab va maqsadini tushuntiruvchi muqaddima paydo bo‘ladi
“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
“Qonunchilik palatasi reglamenti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama uning nomi, muqaddimasi (agar mavjud bo‘lsa), har bir moddasi bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonun bilan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish yagona uslubiyotiga qo‘shimchalar kiritildi.
Ularga ko‘ra, qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonunosti hujjati loyihasi nomida mazkur loyiha bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalarning mohiyati ko‘rsatilishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha, qoida tariqasida, uni qabul qilish zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, normativ-huquqiy hujjat mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026