Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST maymun chechagi epidemiyasini xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb e’lon qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi kasalligini xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb e’lon qildi.
«JSST qo‘mitasi maymun chechagi epidemiyasi sog‘liqni saqlash bo‘yicha xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat ekanligi haqida yakdil xulosaga keldi. U jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasida favqulodda holat bo‘lishi uchun Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari mezonlariga javob berishda davom etmoqda», deyiladi JSST bayonotida.
JSST kasallikning tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayotgani, odamlarga kasallik tashxisini qo‘yish uchun teng imkoniyatlar yo‘qligi va ayrim mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimi zaifligidan tashvishga tushmoqda.
Tashkilot maymun chechagi epidemiyasi ta’sirini kamaytirish uchun mamlakatlar hamkorlikda harakat qilishi lozimligini ta’kidladi.
JSST so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda maymun chechagi infeksiyasining 77 264 ta holati tasdiqlangan. Bemorlardan 36 nafari o‘lgan. Kasallik 109 ta davlatda aniqlangan.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026