Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiya hajmida ulushi eng yuqori davlat ma’lum qilindi
O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida qaysi davlatning ulushi yuqori ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 190 trln so‘mni tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 72 trln co‘m miqdorida qayd etildi.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinda qayd etildi – 21 foiz.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Xitoy – 19,9 foiz;
- Turkiya – 10,4 foiz;
- Germaniya – 6,5 foiz;
- Saudiya Arabistoni – 4,6 foiz;
- Italiya – 3 foiz;
- Kipr – 2,7 foiz;
- Shveytsariya – 2,6 foiz;
- Buyuk Britaniya – 2,1 foiz;
- AQSh – 1,8 foiz.
Mavzuga oid
14:03 / 29.04.2026
Milliy investitsiya jamg‘armasi Toshkent va Londonda IPO boshladi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
18:37 / 09.04.2026