Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy sun’iy yo‘ldosh uchirganini e’lon qildi
Harbiy sun’iy yo‘ldosh «Soyuz-2.1b» raketa-tashuvchisida Plesetsk kosmodromidan «Rossiya Mudofaa vazirligi manfaatlarini ko‘zlab» uchirildi, deb xabar berdi Moskva. Ma’lumotda uni uchirish maqsadi aniqlashtirilmagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Arxangelsk viloyatidagi Plesetsk kosmodromidan navbatdagi harbiy sun’iy yo‘ldosh uchirilganini ma’lum qildi. Qurilma 2 noyabr, chorshanba kuni ertalab harbiy-kosmik kuchlarning kosmik qo‘shinlari tomonidan o‘rta toifadagi «Soyuz-2.1b» raketa-tashuvchisida uchirildi. Harbiy sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi «Rossiya Mudofaa vazirligi manfaatlaridan kelib chiqqan holda» amalga oshirildi», deyiladi Rossiya harbiy mahkamasi xabarida.
Harbiy sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi va maqsadi tafsilotlari haqida ma’lumot berilmagan.
«Soyuz-2» raketa-tashuvchisining ajratuvchi pog‘onasi Tyumen viloyatining Uvatskiy tumani hududiga qo‘nadi, deb yozadi 72.ru viloyat fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi departamentiga tayanib. «Ushbu hududda xavfsizlik choralari bo‘yicha ishlar olib boriladi. Uchirish mamlakat mudofaa qobiliyati manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda», - deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
08:03 / 15.05.2026
Infografika: dunyoda eng ko‘p sun’iy yo‘ldoshga kim egalik qiladi?
19:43 / 04.04.2026
May oyida "Samarqand 2028" sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi kutilmoqda
07:43 / 13.03.2026
14 yil orbitada bo‘lgan NASA sun’iy yo‘ldoshi Yerga qaytmoqda
07:17 / 19.02.2026