Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yo‘lovchi avtobuslarga qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videoregistrator uskunalari o‘rnatildi
Videoregistrator uskunalari nafaqat avtobuslarga xalal bergan, balki yo‘llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtirishi mumkin.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, Samarqand shahridagi yo‘lovchi avtobuslarga qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videoregistrator uskunalari o‘rnatilgan. Endi ular yo‘llardagi turli qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtiradi.
Viloyat IIB YHXB boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozovning aytishicha, bugun yo‘llarda harakatni tartibga solishda aksariyat hollarda faqat jarima, ya’ni jazo qo‘llash usuli ish bermoqda.
«Misol uchun, bekatlarda to‘xtash mumkin bo‘lmagani holda ayrim haydovchilar bu qoidaga amal qilmasdan jamoat transportiga xalal beryapti. Shu sababli bugun shaharda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan aksariyat avtobuslarga videoregistrator uskunalari o‘rnatildi. Endi ular nafaqat o‘zlariga xalal bergan, balki yo‘llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtirishlari mumkin», deydi Sh.Boyxo‘rozov.
Viloyat IIB YHXB boshlig‘ining ma’lum qilishicha, yo‘l harakati qoidalarini buzayotganlarga chora ko‘rish, bunda jamoat transporti haydovchilarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq bu usul ijobiy natija bermoqda.
«Aslida, bu masala keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Toki, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish jarimaga uchramaslik uchungina emas, aksincha, ongli tarzda amalga oshishi zarur», deydi Boyxo‘rozov.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Samarqanddagi tajriba yo‘llardagi qoidabuzarliklarning oldini olishda samarali natija bersa, bu ish boshqa yirik shaharlarda ham joriy qilinadi
Mavzuga oid
10:48
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
11:40 / 11.02.2026
Kuchli shamol va sel Samarqandda talafot keltirib chiqardi
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026