Jahon | 07:51 / 07.11.2022
9026
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: 4,5 milliondan ortiq ukrainaliklar "svetsiz" qolgan

Ukrainada 4,5 milliondan ortiq odam elektrsiz qolmoqda, ularning eng ko‘pi - Kiyev va Kiyev viloyatida. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy 6 noyabr kuni kechki videomurojaatida ma’lum qildi. 

Foto: Elizaveta Servatinska/Suspіlne

Uning so‘zlariga ko‘ra, hafta davomida u energetika sohasidagi vaziyatning ehtimoliy variantlari bo‘yicha rasmiylar, energetika kompaniyalari va viloyat ma’muriyatlari vakillari bilan bir nechta maxsus uchrashuvlar o‘tkazgan. 

«Terrorchilar nimani xohlashmasin, nimaga intilishmasin, biz bu qishdan o‘tishimiz va bahorda hozirgidan ham kuchliroq bo‘lishimiz kerak», dedi davlat rahbari. 

Zelenskiy Ukraina infratuzilmasiga, birinchi navbatda energetikaga ommaviy hujumlar takrorlanishi mumkinligini istisno etmadi. 

«Jumladan, aynan shuning uchun ham Rossiyaga Eron raketalari kerak bo‘ldi. Biz javob berishga tayyorlanyapmiz», - dedi u.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya energetika inshootlariga uyushtirilgan ommaviy zarbalar nuqtayi nazaridan Ukrainaga kelayotgan qishda tahdid soladigan qiyinchiliklarga umid bog‘layotganini aytgandi. 

«Ushbu chaqiriq butun Yevropa uchun chaqiriq sifatida ko‘rilishi kerak», dedi u. 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukrainadagi har qanday qishki qiyinchiliklarni «birlashgan Yevropa muvaffaqiyatsizligining isboti sifatida» taqdim etadi.

Dekabr oyida Fransiyada qishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi, deya qo‘shimcha qildi Ukraina davlati rahbari.

Volodimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatda bu haqda kelishib olganini tushuntirdi.

Mavzuga oid