Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YTH oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Foto: IIBB YHXB
Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 7 noyabr kuni soat 19:30 larda Muqimiy ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashina va 2004 yilda tug‘ilgan J.O. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘qnashgan.

YTH oqibatida “Nexia-2” rusumli avtomashina yo‘lovchisi, 1998 yilda tug‘ilgan Sh.E. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi, “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchilari: 1995 yilda tug‘ilgan T.O., 1996 yilda tug‘ilgan B.Q., 2001 yilda tug‘ilgan M.Q. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:38
Toshkentdagi “Dna motors” avtosaloni mansabdorlari qamoqqa olindi
23:28 / 11.02.2026
Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar bo‘yicha shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi
12:58 / 11.02.2026
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
16:44 / 07.02.2026