Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda «Yashasin Belarus!» shiori fashistlar qutloviga tenglashtirildi
Endi «Jyve Belarus!» (Yashasin Belarus!) shiorini aytish va unga «Jyve» (Yashasin!) deb javob berish jinoyat hisoblanadi.
Belarus Ichki ishlar vazirligi «Jyve Belarus!» (Yashasin Belarus!) shiori va unga javob tariqasida aytiladigan «Jyve» (Yashasin!) hayqirig‘ini natsistlar ramzi va timsollari ro‘yxatiga kiritdi.
Bu iboralar o‘tgan yili Belarusda yuz bergan ommaviy norozilik namoyishlarining shioriga aylangan edi.
«Jyve Belarus!» - fashistlar bilan hamkorlik qilgan 13-Belarus politsiya bataloni va 30-Vaffen SS diviziyasi timsoli hisoblanadi. U nemislarning «Hayl Hitler!» (Yashasin Hitler!) qutloviga o‘xshash bo‘lib, o‘ng qo‘lni ko‘tarib, ochiq kaftini namoyish etish bilan ifodalanadi», deyiladi Belarus IIB bayonotida.
Belarusda natsistlar ramzini targ‘ib qilish 4 yilgacha qamoq bilan jazolanadi.
Ushbu tashabbus Vakillar palatasi deputati Igor Marzalyuk tomonidan berilgan. 2021 yil noyabrida u muxolifat shiori fashistlarning «Zig Hayl!» (Yashasin g‘alaba!) qutlovi nusxasi ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026