Samarqandda bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti yakuniga köra Özbekiston taşqi işlar vaziri Vladimir Norov va taşkilotning sobiq boş kotibi Bağdod Amreyev iştirokida brifing bölib ötdi.

Tadbirda Vladimir Norov özbekça sözlaganini öziga xos yangilik deb ataş mumkin. Uning nutqi boşdan oyoq davlat tilida tayyorlangani e’tiborga molik. Bağdod Amreyev esa dastlab nutqini inglizça boşladi. Şu payt juda qiziq holat sodir böldi. Amreyevning nutqini tarjimon rus tiliga tarjima qila boşladi.
Bir neça jumla tarjimasidan keyin Bağdod Amreyevning özi “Rus tiliga tarjima qilinadigan bölsa, özim şu tilda gapira qolay” dedi va nutqini rusça davom ettirdi.
Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida, mezbonlar ham, mehmonlar ham turkiylar ekanligi nomidan bilinib turgan anjumanda negadir yana rus tiliga ötib ketildi.
Tadbir yakunlangaç unda iştirok etgan jurnalist sifatida buning sababini biliş uçun tarjimonning yoniga bordim. Mening kimligimga qiziqqan xodimga özimni taniştirdim va beyjigimni körsatdim. U “Qayerda işlaysiz?” deb söradi. Jurnalistligim haqidagi javob uni qoniqtirmadi, özini taniştirişni va holat böyiça savolimga javob berişni istamadi.
Muloqotga kirişişni xohlamaganidan söng qayta söradim. “Men sizni jurnalist emas, texnik xodim deb öylayapman. Rasmiy şaxs emasman, javob berişim şart emas” deganiça ketdi.
Keyinçalik uning TIV Tarjimonlar byurosi rahbari Iqboljon Soliyev ekanligini bildim. Qiziq, katta vazirlikning yaxlit byurosi rahbari rasmiy şaxs hisoblanmaydimi?
Oçiği, hayratdaman. Özbekistonda bölayotgan Turkiy davlatlar sammiti! Tarjimon ham çakana odam emas – Tarjimonlar byurosi rahbari, ya’ni birinçi navbatda davlat tilini yoki heç bölmasa anjumanga xos tilni tanlaşi şart bölgan mansabdor!
Lekin heç narsa özgarmaydi, dod deb qolaveramiz, özimizda bölgani mayli, mehmonlar oldida ham şarmanda bölaveramiz. Çunki rasmiylarning özi şunday munosabatda.
Abror Zohidov

















