Samarqandda quriliş firmasi 30 ta noyob daraxtni noqonuniy kesib taşlagan. Bu haqda viloyat ekologiya boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, Samarqand şahar “Boğimaydon” MFYda joylaşgan 16-boğça hududida qöşimça 150 örinli bino quriş va hududda qayta quriliş işlarini olib borayotgan “Samarqand maxsus suv drenaj” MÇJ tomonidan 31 tup daraxt noqonuniy kesib taşlangan.

Jumladan, 30 tup diametri 6,6 santimetrdan 24,5 santimetrgaça bölgan Eldor qarağayi va 1 tup diametri 27 santimetr bölgan terakni boğça binosining yerosti qismini qaziş vaqtida kesib taşlagani va ildizlarini yöq qilgani holati aniqlangan.

Olib borilgan tezkor örganişlar jarayonida “Samarqand maxsus suv drenaj” MÇJ tomonidan daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib taşlanişi oqibatida tabiatga 260 620 000 söm zarar yetkazgani ma’lum bölgan.

Qayd etilişiça, mazkur holatda ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor şaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan.