Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan bosh muhandis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi Sh.X. fuqarolar Sh.Ya. va X.K.ning ishonchiga kirib, ularni Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026