Samarqand viloyati Nurobod tumanida “Nexia-3” haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yöl-transport hodisasiga uçragan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 20 iyul kuni sodir bölgan.

Şu kuni soat 6:00 larda Nurobod tumani Jarquduq mahallasi hududidan ötgan 4R-54 avtomobil yölida Ingiçka-Kattaqörğon yönalişida ketayotgan “Nexia-3” haydovçisi uxlab qolgan.

Oqibatda haydovçi boşqaruvni yöqotgan va maşina yölning öng tomon çetiga çiqib ketib, bir neça marta ağdarilgan. Oqibatda haydovçi va uning yonida bölgan şaxs oğir tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Tibbiyot xodimlari tomonidan körsatilgan muolajalarga qaramasdan yölovçi şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Nurobod tumani IIB tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.