Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jörabtepa mahallasida joylaşgan Qörğontepa yodgorligida ilk örta asrlarga oid bölgan ibodatxona örni topildi.
Samarqand arxeologiya instituti xabariga köra, xodimlar mazkur hududda 2022 yildan buyon arxeologik tadqiqotlar olib bormoqda. Topilgan ibodatxona tarhi töğri törtburçak şaklda bölib, devorlarning saqlanib qolgan balandligi 3 metr. Xonaga 5 ta eşik orqali kiriş mumkin. Uning törida taxt-supa, tört tomonida ustun örinlari joylaşgan.


Xona devorlari diniy mavzudagi suratlar bilan bezatilgan bölib, saqlanib qolingan tasvirlar orasida yuzi ovalsimon, quloq va qöllari esa zeb-u ziynatlarga boy bölgan ma’budaning tasviri mavjud. Uning boşida qanotli, ustki qubbasi yarim oy şaklda bölgan toj tasviri aks ettirilgan.
Surat parçalari orasida bunday toj va personaj tasvirlarining turli parçalari aniqlanmoqda. Şuningdek, devorlarda tokçalar ham mavjud bölib, ulardan birining içida loydan yasalgan haykalning qöl hamda oyoq qismlari topilgan.

Arxeologlarning aytişiça, ibodatxona VII-VIII asrlarda faoliyat yuritgan, ammo 712 yilda Qutayba ibn Muslimning Samarqandga qilgan yurişlari natijasida yoqib yuborilgan bölişi mumkin.
Hozirda uşbu joyda arxeologik qazuv tadqiqotlari, devoriy suratlarni saqlaş, ulardan nusxa köçiriş va yeçib oliş jarayonlari davom etmoqda. Kelgusida yodgorlikni yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda fanlararo usullarini qöllagan holda tadqiq etiş rejalaştirilgan.




















