O‘zbekiston | 07:59 / 12.11.2022
3658
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston «Ipak yo‘li» brendini birgalikda targ‘ib qiladi

O‘zbekiston Bosh konsulligida Olmaota yetakchi sayyohlik kompaniya va tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda Farg‘ona viloyati delegatsiyasi ishtirokida "O‘zbekistonda ziyorat turizmi" mavzusidagi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Uning doirasida tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishni jadallashtirish, iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushini oshirish, xizmatlar sifatini diversifikatsiya qilish, sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Qozog‘iston Turizm sanoati milliy assotsiatsiyasi prezidenti Raushan Shomil qozog‘istonliklarning O‘zbekiston bo‘ylab ziyorat sayohatlariga katta qiziqish bilan qaratayotganini ma’lum qildi. U qo‘shma loyihalar yaratish, “Ipak yo‘li” brendini targ‘ib qilish, Samarqand shaharlariga qo‘shma sayohat safarlarini tashkil etish uchun turizm sohasida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur ekanligini qayd etdi.

Tadbir doirasida Dilrabo Travel va Pamir Travel kompaniyalari Qozog‘istonning «Tumar Trans» kompaniyasi bilan 12 million dollarlik hajmidagi sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid