Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan uchrashib, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarning izchil va to‘liq amalga oshirilishi masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Suhbat davomida prezident administratsiyalari o‘rtasida yanada yaqin, tezkor va samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda ikki davlat administratsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va muvofiqlashtiruvchi hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Tomonlar O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sherikligi va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026