Yangi Özbekiston – xalqaro diplomatiya markaziga aylanmoqda
|18:00 / 12.11.202214 33712 min
Foto: Farğona davlat universiteti axborot xizmati Foto: Farğona davlat universiteti axborot xizmati
Qadim tariximizdan ma’lumki, xalqaro munosabatlar qadimdan insoniyat ijtimoiy, madaniy va ma’naviy rivojining muhim omili sifatida şakllanib, rivojlanib kelgan. Darhaqiqat, har bir mamlakat taraqqiyoti undagi barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglik va yaxşi qöşniçilik muhitining saqlanişiga uzviy boğliq. Şu bois yurtimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boşlab bağrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantiriş, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, totuvlikni mustahkamlaş, barça fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratiş, yoş avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş masalalari davlat siyosati ustuvor yönalişlari sifatida diqqat markazida bölib kelmoqda.
Ayniqsa, sönggi yillarda respublikamizda xorijiy mamlakatlar bilan döstona munosabatlarni va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlaş orqali Özbekistonda yaşab kelayotgan barça millat va etnik guruhlar madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’ana va urf-odatlarini saqlaş hamda har tomonlama rivojlantiriş tamoyillariga asosan faoliyat olib borayotgan Respublika baynalminal madaniyati markazi, Özbekiston xorijiy mamlakatlar bilan döstlik va madaniy-ma’naviy aloqalar jamiyatlari kengaşi, milliy-madaniy markazlar hamda döstlik jamiyatlari faoliyatiga katta ahamiyat qaratilmoqda. Mamlakatimizda yaşab kelayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining birgalikda, ahil va hamjihatlikdagi özaro munosabatlari ta’sirida köpmillatli xalqimizning turmuş tarzi ham yanada yuksalmoqda.
Albatta, bu yönalişda oqilona, pragmatik siyosat yuritayotgan muhtaram Prezidentimiz mamlakatimizning uzoq muddatli va izçil taraqqiyoti Markaziy Osiyodagi barqarorlik va farovonlik bilan çambarças boğliqligini çuqur anglab, yaxşi qöşniçilik va mintaqaviy şeriklik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Amalga oşirilgan islohotlar natijasida hal etilişining özi bir katta muammo bölib qolayotgan köplab oğriqli masalalar qisqa davrlarda öz yeçimini topdi. Xususan, mintaqaning bir qator davlatlari uçun vizasiz rejim joriy qilindi, barça ötkaziş punktlari oçildi. Aviaparvozlar va quruqlik orqali taşuvlar tiklandi va soni köpaytirildi. Özbekiston va mintaqa mamlakatlari örtasida tovar aylanmasi 10 barobar ösdi.
Şu örinda ta’kidlaş joizki, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taşabbuslari va yuqori saviyadagi muzokaralarda faolligi tufayli “Dunyoga oçiqlik siyosati”ga sodiq qolayotgan Yangi Özbekistonning yangi hamkorlari, xayrixohlari ortib bormoqda. Davlatimiz rahbarining xalqaro taşriflari natijasida mamlakatimiz xorij davlatlari bilan faol diplomatik munosabatlarni yölga qöydi. Xususan, bir qator yirik davlatlar bilan munosabatimiz strategik şeriklik darajasigaça kötarildi. Ayniqsa, Prezidentimizning Turkmanistonga taşrifi, qadimdan yaqin döst, ahil qöşni, quda-andaçilik riştalari bilan uzviy boğlangan hamda strategik hamkor sifatida muştarak maqsadlar yölida birlaşgan özbek va turkman xalqlari uçun birday manfaatli böldi desak, adaşmaymiz. Uşbu taşrif çoğida ikki davlat rahbarlari tomonidan mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarga mutlaqo yangi tus beruvçi strategik şeriklikni çuqurlaştiriş töğrisidagi deklaratsiya imzolandi. Bundan taşqari, ilmiy va akademik almaşuvlar, innovatsiyalar sohasidagi dasturlar, turizm sohasidagi loyihalar ilgari surilmoqdaki, buning natijasida dini bir, tili, madaniyati va an’analari muştarak ikki xalq örtasida madaniy-gumanitar aloqalar yanada kengayişiga zamin yaratildi.
Mavzuga oid
Ostona şahrida ötkazilgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi 1-sammitda davlatimiz rahbari tomonidan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo örtasidagi savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlaş böyiça juda muhim takliflar va önga yaqin taşabbuslari bayon qilindiki, bu takliflar Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi hamkorlikning yangi bosqiçini yaratdi.
Muxtasar qilib aytganda, Davlatimiz rahbarining har bir taşrifi, oliy darajadagi muzokaralar çoğida taqdim etayotgan loyihalari, özbek xalqiga xos döstona va har bir mamlakat, millat uçun birday manfaatli kelişuvlari – mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş, yurtimizning yanada yangi ufqlarni zab etişi va dunyodagi rivojlangan davlatlar qatorida tilga olinişi uçun zalvorli odimlardan biri bölmoqda.
Yangi Özbekistonning xalqaro maydonda samarali konstruktiv hamkorlik yölidagi qadamlari xalqaro ekspertlarning yuksak darajadagi e’tiroflariga sazovor bölmoqda. Xalqaro ekspertlar ta’biri bilan aytganda, Özbekiston xalqaro taşkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar doirasida mazmunli muzokaralar ötkaziş uçun doimiy maydonça va platformalar taqdim etişi orqali xalqaro diplomatiyalar markaziga aylanmoqda. Yevropa kengaşi Prezidenti Şarl Mişelning “Biz Özbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlaşdagi rolini yuqori baholaymiz. Özaro boğliqlikni muhim deb hisoblaymiz va kelgusida muntazam ravişda uçraşib, “yaşil” iqtisodiyot va barqarorlik masalalarini birgalikda muhokama qilişni rejalaştirganmiz”,– deya takror va takror özaro boğliqlikni rivojlantirişga qarata aytgan fikrlari Yevropa Ittifoqining ham Özbekiston bilan aloqalarni mustahkamlaşga intilayotganidan darak beradi. “Bugun Özbekiston amalga oşirilayotgan islohotlar tufayli izçil özgarib borayotganini körib turibmiz. U qöşnilar örtasidagi köpriklarni tikladi, Markaziy Osiyodagi yetakçilik mavqeyini mustahkamladi, mintaqaning barça davlatlarini siyosiy va savdo-iqtisodiy yaqinlaştiriş taşabbusini ilgari surmoqda”, – deya ta’kidlaydi, BMT ilmiy tadqiqot instituti va Yevropa universitetining xalqaro munosabatlarni rivojlantiriş dasturi direktori Xorxe Mestre. Bu esa Özbekistonning bugungi kundagi faoliyati xalqaro hamjamiyatning e’tibor markazida ekanidan dalolatdir.
Ha, bugun Özbekiston taşqi siyosat bobida özaro foydali, faol hamkorlik, samimiy muloqot, mustahkam işonç, maslahatlaşuv ruhi bilan yuksaklikka yuz tutmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida körişimiz mumkinki, ayni kunlarda köhna va hamişa navqiron Samarqand yana bir katta tadbir - Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakat rahbarlari iştirokida bölib ötadigan “Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti”ga mezbonlik qildi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan “Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari” şiori ostida ötkazilayotgan uşbu sammit doirasida, kelib çiqişi bir, ildiz tomiri bitta öqda tutaşadigan turkiy xalqlar örtasidagi iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, transport, innovatsiyalar, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda özaro manfaatli va köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat, xususan, “Samarqand deklaratsiyasi” qabul qilinişi barça taraflar uçun birdek manfaatli böldi. Uşbu muzokaralar va kelişuvlar mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik, barqaror iqtisodiy rivojlaniş, transport aloqalarini mustahkamlaş, şuningdek, madaniy muloqotni çuqurlaştiriş yölida yangi istibollarni belgilab berar ekan, natijasi turkiy millatlarning avlodi, kelajagiga ham naf keltirişi bilan e’tiborga loyiqdir.
Eng quvonarlisi, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar bilan bir qatorda, hududlar örtasida fan va ta’lim, texnologiyalar va innovatsiyalar borasidagi hamkorlikning samarali mexanizmlarini işlab çiqişga alohida e’tibor qaratilişi, Davlatimiz rahbari tomonidan turkiy dunyo yoşlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressini ötkaziş, kongress doirasida innovatsiya va ta’lim vazirlari, oliygohlar rektorlari va yoş yetakçilar, iqtidorli öğil-qizlar, taşkilot oqsoqollarining keng qamrovli uçraşuvlarini taşkil etiş takliflari bildirilişi - Özbekiston ertasi, kelajak masalasi uzoqni közlaguvçi yetakçining hamişa yuragida ekanini oçiq körsatib berdi. Ayniqsa, Prezidentimiz taşkilot boş kotibining yoşlar masalalari böyiça örinbosari lavozimini joriy etiş borasida taklif berişi - turkiy dunyo farzandlari uçun çin ma’noda yana bir yangi, porloq davrning yaratilişiga işora böldi.
Şuningdek, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatlar örtasidagi döstlik va şeriklikni mustahkamlaşga alohida hissa qöşayotgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan hamda Turkmaniston Milliy kengaşi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlanişi sammitga özgaça bayramona, döstona ruh bağişlagan holda, turkiy birdamlikni mustahkamlaş borasida faxr va iftixor tuyğularini jöşqinlantirdi.
Şu örinda qayd etiş joizki, har bir mamlakatning mintaqadagi, kerak bölsa, dunyo miqyosidagi nufuziga ta’sir körsatuvçi muhim omillardan biri bu – ta’lim va uning sifatidir. Oliy ta’lim muassasalari yurtimiz kelajagi uçun fan, texnika, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida işlay oladigan, ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini öz faoliyati davomida qöllay oladigan va öz ustida işlay oliş bilan birga nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etişga qodir kadrlar yetkazib beruvçi asosiy bilim maskanlaridir. Bugun, mamlakatimizda har bir oliygoh uçun jahonning yetakçi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini örnatiş, öquv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va öquv-uslubiy materiallarni keng joriy qiliş, yoş öqituvçi va ilmiy xodimlar malakasini oşirişlari uçun xorijiy muassasalarga yuboriş imkoniyati oşirildi. Xalqaro darajada amaliyotga tatbiq etilayotgan yangidan yangi loyihalar, kelişuvlar yoşlarning jahon andozalari mos bilim va salohiyatga ega bölişi, zakovatli yoşlar sifatida kamol topişi, ularning öz ijodiy va intellektual salohiyatini röyobga çiqarişi uçun xizmat qilmoqda.
Kuni keça, Samarqandda ötkazilgan Özbekiston-Rossiya 3-ta’lim forumida ham Rossiyaning yetakçi kompaniyalar rahbarlari, vazirliklar vakillari va Özbekiston rektorlari örtasida ikki davlat universitetlararo oliy malakali pedagog kadrlar tayyorlaş, magistratura ta’limini rivojlantiriş, geodeziya va kartografiya, avtomobil transporti böyiça muhandislik maktablarini yaratiş, ilmiy tadqiqot faoliyatini kengaytiriş, tibbiyot, toğ-kon texnologiyalari, huquq va geologiya sohalarida akademik mobillikni yölga qöyiş va boşqa şu kabi özaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş böyiça bir qança ikki tomonlama loyihalar muhokama qilindi. Rivojlangan işlab çiqariş sohalari böyiça Rossiya tajribasini mamlakatimiz oliygohlariga tatbiq etişga qaratilgan uşbu muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlar Özbekiston va Rossiya örtasidagi hamkorlik munosabatlarining yanada yangi poğonalarga kötarilişiga xizmat qildi. Uşbu hujjatlar qatoridan Farğona davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasining B.B.Gorodovskiy nomidagi davlat universiteti örtasidagi kelişuv şartnomasining joy olgani bizga yuksak faxr va iftixor tuyğularini bağişladi.
Hozirgi kunda Farğona davlat universitetida AQŞ, Germaniya, Ispaniya, Çexiya, Şvetsiya, Portugaliya, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Rossiya, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Hindiston, Turkiya va Vengriya davlatlarining yetakçi oliy ta’lim muassasalari bilan turli yönalişda 80 dan ortiq hamkorlik şartnomalari imzolanib, sönggi 3 yilda universitet öquv jarayoniga 200 ga yaqin yetuk xorijiy mutaxassislar jalb qilindi. Oliygohning professor-öqituvçilari AQŞ, Germaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Vengriya, Qozoğiston va Rossiyaning eng nufuzli universitetlarida tajriba almaşib, olgan yangi bilimlarini amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar. Asosiy maqsadimiz – ilm-fanga iştiyoqmand farzandlarimizni buyuk bobolarimizning munosib izdoşlari va davomçilari etib tarbiyalaş ekan, uşbu sa’y-harakatlar yaqin kelajakda öz samarasini namoyon etib, yoşlarimiz yurtimiz şarafini yanada yuksaklarga kötaradi.
Işonamizki, kundan kunga taşqi olam uçun oçilayotgan Yangi Özbekiston jonkuyar rahbar boşçiligida mintaqaviy va köp tomonlama özaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, geosiyosiy muammolar avj olgan keskin özgarişlar zamonida özining kuçli pragmatik siyosatiga sodiq qoladi va kutilganidek, xalqaro diplomatiyalar markaziga aylana oladi.
Bahodirjon ŞeRMUHAMMADOV,
Farğona davlat universiteti rektori Ⓣ