Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo - Xitoy sog‘liqni saqlash sanoati alyansi tuzildi
“Shanxay EKSPO - 2022” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “Markaziy Osiyo - Xitoy sog‘liqni saqlash sanoati alyansi” tuzilgani e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Foto: Dunyo
Yangi tuzilgan alyans Markaziy Osiyo besh mamlakati va Xitoy o‘rtasida farmatsevtika hamda sog‘liqni saqlash sanoatida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ikki va ko‘p tomonlama savdosini takomillashtirish, a’zo mamlakatlar aholisini yuqori sifatli arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro sarmoyalar kiritish, epidemiyalar oldini olish va ular bilan kurashish borasida o‘zaro aloqalarni jadallashtirishga xizmat qiladi.
XXR Tijorat vazirligi, Xitoy Tibbiyot va sog‘lomlashtirish mahsulotlari savdo palatasi, Xunsyao forumi kotibiyati va «Sinxua» axborot agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari U.Egamov ishtirok etdi.
Mazkur alyansni tashkil etish tashabbusi 2022 yil 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligi 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan onlayn sammit davomida ilgari surilgan edi.
Mavzuga oid
07:44 / 03.03.2026
Made in China: Xitoy importiga qaram davlatlar (xarita)
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
22:07 / 26.02.2026