Shavkat Mirziyoyev BMTga bolalar tarbiyasi masalalari to‘g‘risida maxsus rezolyutsiya qabul qilishni taklif qildi
Toshkentda 14-16 noyabr kunlari Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga bag‘ishlangan II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev kichik yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini sanadi.
Mirziyoyev xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining bolalar tarbiyasi masalalari umumbashariy taraqqiyotga erishishning muhim omili ekani to‘g‘risida maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif qildi.
“Ushbu hujjatda ota-onalarning bolalar sifatli ta’lim va tarbiya olishi, ma’naviy va jismoniy barkamolligini ta’minlashdagi rolini, ularning qobiliyat va salohiyatlarini to‘liq namoyon etish borasidagi mas’uliyatini yanada oshirish kabi masalalar o‘z ifodasini topishi lozim”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.
Shuningdek, takliflar qatorida konferensiyaning muntazam ravishda o‘tkazib borilishi, kichik yoshdagi bolalar ta’limi bo‘yicha jahon tashkiloti bilan qo‘shma loyiha va tadqiqotlarni olib borish, tarbiyaning yangicha uslublarini va metodik qo‘llanmalarni tayyorlash uchun keng qamrovli dasturni ishlab chiqish va bu yo‘nalishda jahonda to‘plangan tajribalarni o‘zaro almashish maqsadida tarbiyachilar xalqaro hamjamiyatini tashkil etish, 2024 yilda BMT tomonidan o‘tkaziladigan kelajak sammitining umumiy kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri sifatida, kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish masalasini kiritish kabilar ham ilgari surildi.
Mavzuga oid
17:59
Prezident normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik bilan muhokama qilinmayotganiga e’tiroz bildirdi
12:08
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
12:06
O‘zbekiston Qurolli kuchlari salohiyatini oshirishga e’tibor kuchaytiriladi
11:59