08:49 / 16.11.2022
11330

Jahon chempionatini zavq bilan tomosha qilmoqchimisiz? Davron Fayziyev o‘z tanlovi va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi

Sport sharhlovchisi Davron Fayziyev futbol bo‘yicha Jahon chempionatini Samsung Neo QLED televizorida tomosha qilishni tavsiya etadi.

Foto: Samsung

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga sanoqli kunlar qoldi. Samsung sport matchlarining onlayn-translatsiyasidan Neo QLED katta ekranida, Davron Fayziyevning o‘zi tavsiya etadigan televizorda tamosha qilishni taklif etadi. Sport jurnalistini bu televizor aynan nimasi bilan ilhomlantirgan?

Maksimal darajadagi realistik tasvir

Neo QLED yangi avlod televizorida futbol matchi muhitiga sho‘ng‘ing va o‘yinning har bir lahzasidan guyoki bu jonli sodir bo‘layotgandek zavqlaning. Katta diagonalli premium televizorlar Samsung kompaniyasining ilg‘or texnologiyalarini o‘zida mujassamlantiradi, bular sport kontenti ishqibozlariga ayniqsa manzur bo‘ladi.

Juda kichkina detallarni endi hatto dinamik sahnalarda ham maksimal yuqori aniqlikda ko‘rish mumkin. Neo Quantum kuchli protsessori yetishmayotgan piksellarni tiklaydi, demak jonli efir davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan hatto past tezlikdagi signal ham sizni o‘yin zavqidan aslo chalg‘ita olmaydi.

Ekranning qaysi nuqtasidan qarashdan qat’i nazar, aniqlikni yo‘qotmaydigan tasvir sifati do‘stlaringizni lol qoldirishi tayin. Neo QLED chegarasiz displeyida deyarli hoshiya yo‘q. Bu esa tasvirda zavqlanish effektini yanada kuchaytiradi.

Ovoziga aloxida to‘xtalib o‘tish zarur. Mukammal tovush chiqarish qobiliyati ushbu televizorni yangi darajaga ko‘tardi. Q-Symphony texnologiyasi ayniqsa televizor va saundbar dinamiklarini sinxronlaydi va hajmli ohang effektini yaratadi. Ishqibozlarning baland ovozda qichqirishlari, to‘p tepilishidan butun stadion bo‘ylab tarqalayotgan aks-sado, sharhlovchining hayajonli ovozi – o‘yinni toza ovoz bilan kuzatish stadionda yuz berayotgan vaziyatga tushib qolish va o‘zini Jahon chempionatining bir bo‘lagi sifatida his qilish imkonini beradi!

Samsung televizorlari xaridorlariga qanday bonuslar mavjud

Katta diagonalli (65, 75 yoki 85 dyuym) Samsung Neo QLED 8K, Neo QLED, QLED.UHD va Crystal UHD televizorlarini sotib olgan xaridorlarga sovg‘a sifatida iTV xizmatiga katta obuna taqdim etiladi. Ushbu obuna bilan 1 yil davomida filmlar, seriallar, ko‘ngilochar telekanallar va albatta sport kanallarini maroq bilan bepul tomosha qilish mumkin!

Batafsil ma’lumot Samsung O‘zbekistonning rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlarida.

Sayt: samsung.uz

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

 Reklama

Mavzuga oid
Top