Zelenskiy: Millionlab ukrainaliklar elektr energiyasiz qoldi
Rossiyaning Ukrainaga yirik raketa hujumi natijasida 10 millionga yaqin fuqaro elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida aytib o‘tdi.
«Mamlakatimizning ko‘plab shahar va viloyatlarida elektr energiyasida yana favqulodda uzilishlar sodir bo‘ldi. O‘n millionga yaqin ukrainaliklar elektr energiyasidan mahrum. Eng ko‘pi - shu daqiqada - Xarkiv viloyati, Jitomir viloyati, Kiyev viloyati va Lvov viloyatida», - dedi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab aloqa va internetda ham muammolar mavjud, Lvov va boshqa ba’zi shaharlarda issiqlik ta’minoti to‘xtatilgan.
«Zarbalar natijasida avtomatlashtirish bugun ikkita stansiyadagi bir nechta atom bloklarini o‘chirib qo‘ydi – bu oldindan hisoblab chiqilgan oqibatlar va dushman nima qilayotganini aniq bilar edi», — dedi prezident.
Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G20 sammiti ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaat qilib, Ukrainaning Rossiya bilan tinchlikka erishish bo‘yicha takliflarini bildirdi. Kiyev tomonidan ishlab chiqilgan reja 10 bandni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya tajovuziga yangi urinishlarning oldini olishga qaratilgan «urushdan keyingi xavfsizlik arxitekturasining asosiy elementlarini» birlashtirishi kerak bo‘lgan xalqaro organni yaratishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Ukraina rahbari yana bir bor xalqaro tribunal tashkil etishga chaqirdi, uning maqsadi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlarida aybdorlarni javobgarlikka tortishdir.
Volodimir Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini Kiyev Xavfsizlik kelishuvida belgilashni taklif qildi, uning loyihasi allaqachon Kiyev tomonidan ishlab chiqilgan va hamkorlarga taklif qilingan.
Mavzuga oid
13:31
Zelenskiy Radaga Ukrainaning «matonat rejasi»ni taqdim etdi
08:51
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
08:10
Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
22:05 / 19.11.2024