Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endilikda qurilish-pudrat tashkilotlari inson omilisiz aniqlanadi
2023 yil 1 martga qadar qurilish obektlarida kamchiliklar va qonun buzilishi holatlarini aks ettiruvchi foto- va videomateriallarni yuklash imkonini beruvchi “Shaffof qurilish” axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.
Prezidentning “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan investitsiya dasturlari va tashabbusli budjetlashtirish asosida moliyalashtiriladigan qurilish loyihalarini amalga oshirishning yangi tartibi belgilanmoqda.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
- obektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” axborot tizimida inson omilisiz aniqlanadi;
- 2023 yil 1 martga qadar qurilish obektlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda kamchiliklar va qonun buzilishi holatlarini aks ettiruvchi foto- va videomateriallarni yuklash imkonini beruvchi “Shaffof qurilish” axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi;
- buyurtmachi bilan loyihachi va pudratchilar o‘rtasidagi shartnomalar faqat elektron imzo orqali tuziladi;
- manzilli ro‘yxatlar ulardagi har bir obektga identifikatsiya raqami berilgan holda elektron tizimda yuritiladi;
- xavf-xatar toifasidan qat’i nazar barcha obektlar vakolatli organdan elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladi va nazoratga olinadi;
- obektlar yuzasidan hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.
Hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 fevraldan boshlab:
– bosh pudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan qurilish ishlari haqidagi hisobot elektron tizimda shaxsiy kabinetda shakllantiriladi va buyurtmachi bilan elektron kelishiladi, moliyalashtirish uchun g‘aznachilikka elektron tizim orqali yuboriladi;
– loyihachi va pudratchilarning reytingi, har bir obektning hujjatlari, bajarilgan ish hajmlari va moliyalashtirilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida jamoatchilik uchun ochiq e’lon qilinadi.
Belgilanishicha, Moliya vazirligi Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini tasdiqlaydi ushbu reyestrni “Shaffof qurilish” axborot tizimi bilan integratsiya qiladi. Hisob palatasi esa davlat dasturlari va tashabbusli budjetlashtirish asosida moliyalashtiriladigan obektlarga ajratilgan mablag‘larning maqsadli hamda samarali ishlatilishini nazorat qilib boradi.
Mavzuga oid
17:36 / 19.02.2025
«Trest-12»dagi davlat ulushini Doniyor Komilovga tegishli kompaniya sotib oldi
19:57 / 17.02.2025
Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin
10:38 / 14.02.2025
Jeddah Tower qurilishi qayta boshlandi – Saudiya Burj Xalifani ortda qoldira oladimi?
19:58 / 12.02.2025