«Trest-12» quriliş kompaniyasidagi davlat uluşi sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.
Davaktivga köra, «Trest-12»dagi davlat uluşini sotib olişga 4 ta kompaniya qiziqiş bildirgan, lekin ulardan faqat 2 tasi majburiyatga ega takliflar yöllagan. Xususiylaştiriş jarayoniga konsultant sifatida Deloitte jalb etilgan.
Yakunda 111 mlrd söm miqdoridagi eng yuqori xarid bahosini taklif qilgan Delta Global Dynamics MÇJ savdo ğolibi deb topilgan.
«2 yil mobaynida korxonada mavjud iş örinlarini va işçilar sonini saqlab qoliş (tabiiy sabablar bilan böşaydigan iş örinlari bundan mustasno), amaldagi iş haqi fondi miqdorini kamaytirmaslik va jamoa şartnomasi şartlarini yomonlaştirmaslik kabi şartlar xaridor tomonidan qabul qilingan», deyiladi Davaktiv xabarida.
Bitim Xususiylaştiriş davlat komissiyasi tomonidan ma’qullangan.
Delta Global Dynamics MÇJ haqida
Xaridor – Delta Global Dynamics MÇJ 2022 yilning yanvar oyida Toşkent şahrida röyxatga olingan. Faoliyat turi – tijorat faoliyati va boşqaruv masalalari böyiça maslahat beriş. Ustav fondi – 200 mln söm.
Kompaniyaning 100 foiz uluşi sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli Doniyor Komilovga tegişli. Unga qaraşli kompaniyalar avvalroq MXXning Toşkent markazidagi sobiq binosi va Özbekistondagi eng yirik spirt zavodini ham xususiylaştirib olgani bilan jamoatçilik e’tiboriga tuşgandi. OAVda Komilovning Rossiyadagi yirik aktivlari haqida ham ma’lumotlar bor.
Şuningdek, kiçik Komilovga tegişli Petroleum Technology Group kompaniyasi 2024 yilda Özbekistonda 78 ta «zapravka»ga ega bölgan «UNG Petro» kompaniyasi hamda «Çinoz neftni qayta işlaş zavodi»ning ham yangi egasiga aylangandi.
«Trest-12» haqida
1979 yilda beri faoliyat olib boruvçi «Trest-12» kompaniyasi katta loyihalarni tendersiz olgani haqidagi xabarlar bilan köp bor OAV e’tiboriga tuşgan. Hatto 2021 yilning may oyida Aksilkorrupsiya agentligi direktori Akmal Burhonov uşbu quriliş kompaniyasiga qariyb 5 trln sömlik loyihalar tendersiz berilganligini
















