Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiya to‘g‘risida tezkor xabardor qilish imkoni Koreya tajribasi asosida takomillashtiriladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva hamda Koreyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi (ACRC) rahbariyati, BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda asosiy e’tibor fuqarolar korrupsiyaga oid murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xabar beruvchilarni himoya qilish va ularni rag‘batlantirish amaliyotini rivojlantirish masalalariga qaratildi.
O‘zbekistonda fuqarolarni korrupsiya faktlari to‘g‘risida tezkor xabardor qilish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi E-Anticor.uz elektron platformasini ACRC tomonidan ishlab chiqilgan Clean Portal platformasi ilg‘or yutuqlari, zamonaviy qulayliklari asosida modernizatsiya qilish va tajriba almashish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish muhokama qilindi.
5 yil avval ishga tushirilgan mazkur raqamli platforma asosiy maqsadi aholining xabar berishda faolligini oshirish hamda davlat siyosatini ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi faktlarni yig‘ish hisoblanadi. Aholi dastur orqali korrupsiya to‘g‘risida ko‘p yuborilayotgan murojaatlar tendensiyasi, sohalar va hududlar kesimida bazaga kelib tushgan murojaatlar soni va hal etilgani yuzasidan statistik ma’lumotlarni olish imkoniga ega.
Muloqot mobaynida korrupsiya to‘g‘risidagi xabarni yo‘llash va qayta ishlash amaldagi mexanizmini baholash, Clean Portal yondashuvini E-Anticor.uz elektron platformasiga moslashtirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Agentlik xodimlariga korrupsiya holatlari haqida xabar berish raqamli imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beruvchi o‘quv dasturlarini tashkil etish, Koreya tajribasi asosida O‘zbekistonda raqamli vositalarni takomillashtirish bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026