Rossiya harbiy sudlari Ukrainadagi jangçilarga odatdagidan yengilroq jazo tayinlayapti. Bu haqda 18 noyabr, juma kuni Rossiyaning "Verstka" va "Vajnyye istorii" naşrlari xabar berdi.

Jurnalistlar garnizon sudlarining veb-saytlarida Rossiya hukumati Ukrainaga bostirib kirişni ta’riflaganidek - «maxsus harbiy operatsiya» haqida söz yuritilgan hukmlarni izlaşdi. «Biz faqat uruşda qatnaşiş jazoni yengillaştirişga ta’sir qilgan deb da’vo qila olmaymiz, çunki işlarda boşqa yengillaştiruvçi holatlar ham bor. Biz uruş qatnaşçilari olgan jazo turlari va kölamini sud tomonidan 2021 yilda xuddi şu moddalar böyiça sudlangan köpçilikka tayinlangan jazolar bilan soliştirdik», — deya aniqlik kiritadi "Vajnyye istorii".

Suriştiruv mualliflarining ta’kidlaşiça, faqat çorak hollarda Ukrainada jang qilganlar xuddi şu moddalar böyiça sudlanganlarning aksariyati bilan bir xil jazo olgan.

Sudlar aniqlangan 80 ta hukmning 60 dan ortiğida uruşda qatnaşişni yengillaştiruvçi holat sifatida körib çiqqan. Yana töqqiz kişi frontga ketiş istagini bildirgan yoki rus armiyasi foydasiga pul ötkazgan holda yengillaştiriş olgan. Öz-özidan bu qonunni buzmaydi, deydi «Rus Sidyaşçaya» huquqni himoya qiliş taşkiloti advokati Alena Saveleva.

«Jazoni yengillaştiruvçi holatlar röyxati oçiq, ya’ni sud «içki işonçiga köra» sudlanuvçining şaxsiga oid ma’lum faktlarni hisobga olişi yoki e’tiborga olmasligi mumkin. Sudlar köpinça, masalan, xayriya faoliyatida iştirok etişni hisobga oladi. Bu yerda esa, gap butun bir «qutqaruv» operatsiyasi haqida borgan. Yana bir savol: ular boşqa ayblanuvçilarga qaraganda ança yengilroq jazoga hukm qilinadimi? Bu Jinoyat kodeksining asosiy tamoyillariga ziddir: adolat va barçaning oldida tenglik», - deya huquqşunos suriştiruv natijalariga izoh berdi.

«Vajnyye istorii»da uruş maydonidan qaytganlar köpinça spirtli içimliklarni iste’mol qilib jinoyat sodir etişini qayd etgan.

Alena Savelevaning ta’kidlaşiça, köplab uruş faxriylari uyga qaytganidan keyin travmadan keyingi stress va boşqa psixologik jarohatlarni boşdan keçirişadi. Bu jamiyatda jinoyatçilikning köpayişiga olib kelişi mumkin. «Mana endi bizda ular uçun şunday «ajoyib» sud amaliyoti mavjud. Qulay», - dedi istehzo bilan Saveleva.

"Vajnyye istorii" tahlil qilgan hukmlardan birida Belgorod viloyatidan bölgan Ruslan Kudinov uçun jazo qisqartirilgan. Garçi u harbiy bölmasa-da, sud erkakning Ukraina bilan çegaradoş mintaqada yaşaşini hisobga oldi.