“Jaloyirning sabzisi”, degan jumla Navoiy viloyatida “brend”ga aylangan. Mahalliy bozorlarda aynan Jaloyir qişloğida yetiştirilgan sabzi xaridorgir. Karmana tumanida joylaşgan uşbu qişloqni Navoiyning “öra”si, desa ham böladi. Ayni kunlarda ham qişloq  dalalaridan sabzi hosili yiğiştirib olinmoqda.

Karmana tumanidagi Jaloyir qişloği aholisi har yili ğalla örimini intizorlik bilan kutişadi. Sababi, ular ğalladan böşagan maydonlarni fermer bilan özaro kelişib, taqsimlab olişadi va poliz mahsulotlari, asosan sabzi yetiştirişadi. Fermerlarning özi ham hududdagi ehtiyojmand oilalarga böşagan yerlardan ajratişadi. 

Jaloyirliklar sabziçilik ortidan yaxşigina daromad qilişadi. Çunki ular yetiştirgan hosil içki bozordan ortib, hatto eksportga ham jönatiladi. Ayni kunlarda ham yetiştirilgan sabzi yiğiştirib olinmoqda. Noyabrning ilk kunlari seryoğin kelgani hosilni yiğiştiriş işlarini biroz ortga surdi. 

“Har yili yarim gektar, 30 sotix yer olib, sabzi ekamiz. Qişi bilan sotamiz. Şu dehqonçilikning orqasidan töylar qildik. Mana, qişloğimiz ayollari birlaşib, navbati bilan hosilni yiğiştirib olyapmiz. Sabzi bölmasa, özbekning uyida palov bölmaydi. Sotib, şaharliklarni ham ta’minlaymiz. Sabzining mehnati oğir-u, lekin zarar körmaymiz. Şuning uçun har yili ekamiz”, — deydi Nargiza Hojiyeva.

Yetiştirilayotgan sabzining uruğini ham jaloyirliklarning özi tayyorlaydi. Dehqon Marhabo Rajabovaning ta’kidlaşiça, fevral oyida har kim öz xonadoni tomorqasida uruğlik uçun sabzi ekadi:

“20 yildan beri sabziçilik bilan şuğullanamiz. Yer olişdan oldin sabzining uruğini tayyorlab olamiz. Fevral oyida uruğlik uçun sabzi ekiladi va pişgaç, uruği olinadi. Keyin ana şu uruğdan kuzgi sabzi ekamiz. Töğri, sabzi bozordagi eng arzon poliz mahsulotlaridan biri. Ammo mehnati oson emas: unib çiqqan sabzi yagona qilinadi, ötaladi”.