Rossiya Ukrainaga bostirib kirganiga hademay 9 oy böladi. Bu davr mobaynida qançadan qança şahar-u qişloqlar vayron böldi, minglab odamlar halok böldi va bedarak yöqoldi. Ukraina infratuzilmasi va katta-katta şaharlari deyarli yöq qilindi, tinç aholiga nisbatan xunrezlik va zöravonliklarning esa adoği yöq. Ana şu vahşiyliklardan omon qoliş uçun millionlab ukrainaliklar boşqa mamlakatlarga ketişdi. Majburiy migratsiya jarayoni davom etmoqda. Har kuni minglab ayollar, bolalar, qariyalar öz uylarini taşlab, vaqtinça yoxud umrbod Yevropaning boşqa mamlakatlaridan qönim topişmoqda.

 

Rossiya bosqinining ilk kunlaridanoq bombardimon ostida qolgan Mikolayiv şahri aholisi ham öz uylarini, şahrini, vatanini tark etib, tinçlik va omon qoliş uçun boşqa ölkalarga ketişga majbur böldi. Ulardan biri Natalya Yakovleva. Kun.uz jurnalisti onasi va akasi bilan xayrlaşib, öğli bilan uzoq, maşaqqatli “sayohat”ga çiqiş majbur bölgan ayol bilan intervyu uyuştirdi. “Bilasizmi nima qiyin böldi? Men uruş boşlanganini va biz zudlik bilan uyimizdan ketişimiz kerakligini bolamga qanday tuşuntirişni bilmasdim”, deydi Natalya.

Onam qönğiroq qilib, haqiqatan ham uruş boşlanganini aytdi

– Rossiya bosqinining ilk kunlari haqida gaplaşsak. Aholining bu uruşga munosabati qanday edi?

– Aslida, biz uçun bu uruş 2014 yildayoq boşlangan edi. 24 fevraldan oldin biz nimadir sodir bölişini sezardik. Çunki mahalliy OAVlarda Rossiyaning çegara atroflarida, jumladan Belarus bilan çegarasida qöşin töplayotgani haqida ma’lumotlar çiqa boşlagan edi. Öşa vaqtda dunyoning turli mintaqalarida yaşaydigan döstlarim meni ogohlantirişdi: “Nataşa, ehtiyot böl, uruş bölişi ehtimoli yuqori!”. Ularning taxminlarini inkor etib bölmasdi, biroq bizda şundoq ham 8 yildan beri uruş bölayotgan edi.  Ammo boşqa tomondan olib qaraganda bu tarzda bosqinçilik sodir bölişiga unçalik işonmagan edim. Axir taşqarida XXI asr. Bu davrda qonli uruş köriş xayolimning bir çetiga ham kelmagan edi.

Soğlom fikrli inson sifatida davlatlarning özaro murosa qilişi muzokaralar bölişi, iş qirğingaça yetib bormasligiga astoydil işonar edim. Şunday bölsa-da, bosqindan bir hafta avval ehtimoliy voqealarni muhokama qila boşladik: işxonada, uyda, döstlar bilan, qöşnilar bilan. Qiziği, aksar vatandoşlarim kelişuvga erişilişiga işonişar edi. Çunki bunday uruş heç bir jihatdan  heç kimga foyda keltirmasligi ayon edi.

Uruş boşlangan kuni eşikning tebranişidan uyğonib ketdim. Derazalarni oçib qaraganimda, taşqarida portlaşga öxşaş ovozlarni eşitdim. Nikolayev mahalliy naşrlari bu şunçaki maşqlar ekanligi, vahimaga hojat yöqligini bong ura boşladi. Onam Ukraina xavfsizlik xizmatining poliklinikasida işlardi. Öşa zahotiyoq ogohlantiriş signali berildi. Onamni işga çaqirişdi va öşandayoq bu şunçaki harbiy maşqlar emasligini tuşunib yetgandim. Keyin, barça ommaviy axborot vositalarida Ukrainaning turli hududlarida portlaşlar bölayotganligi haqida ma’lumotlar e’lon qilina boşlandi. Bir soatdan keyin Nikolayevda harbiy aerodromi portlatildi.