O‘zbekiston | 10:38 / 21.11.2022
5617
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston suv resurslari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan Samarqandda uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, turli sohalardagi strategik sheriklik va ittifoqchilik dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakat rahbarlari birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda yutuqlarga erishilgani ta’kidlandi.

Tomonlar oliy darajadagi kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga tayyorligi ma’lum qilindi. Parlamentlar, hukumatlar va tarmoq vazirliklari orqali faol muloqot o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, ikki mamlakat mintaqalari to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarini qo‘llab-quvvatlash, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar, O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi mablag‘lari hisobidan ko‘rib chiqildi.

Suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Xalqaro institutlar doirasidagi tomonlar o‘zaro hamkorligi, mintaqaviy siyosat ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid