Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Bosh assambleyasi Rossiyani «terrorchi rejim» deb tan oldi
NATO Parlament assambleyasi rezolyutsiyani qabul qildi, unda alyansga a’zo davlatlar hukumatlari va parlamentlari «hozirgi rejim ostidagi Rossiya davlatini terrorchi davlat deb aniq e’lon qilish»ga chaqirilgan.
Hujjatda Rossiya tajovuzi bo‘yicha maxsus Xalqaro tribunal yaratish zarurligi ham qayd etilgan. Qaror bir ovozdan qabul qilindi.
Ovoz berishdan oldin NATO PA rahbari Gerri Konnolli ta’kidlaganidek, hujjat NATOning barcha ittifoqchilarini Rossiya Federatsiyasi va uning amaldagi rejimi terrorchi tashkilot sifatida harakat qilayotganini tan olishga chaqiradi.
Avvalroq xuddi shunday rezolyutsiya PASe tomonidan ham qabul qilingan edi.
Shimoliy Atlantika alyansi Parlament assambleyasi Rossiya Federatsiyasini terrorchi davlat deb tan oldi. Delegatlar Rossiya Federatsiyasi jinoyatlari bo‘yicha maxsus xalqaro tribunal tashkil etishni taklif qildilar.
«NATO tarkibiga kiruvchi barcha 30 ta davlat delegatsiyasi taklifimizni qo‘llab-quvvatladi. Bunday tribunal nafaqat harbiy jinoyatlarning bevosita aybdorlarini, balki Rossiya Federatsiyasi oliy rahbariyatini ham sud qilish imkonini beradi», - dedi Ukrainaning NATO Parlament assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi rahbari va deputat Yegor Chernev.
Bundan tashqari, qabul qilingan hujjatda Ukraina bo‘yicha quyidagi qarorlar mavjud: qurol ta’minotini ko‘paytirish; Ukrainaning NATO tarkibiga kirish rejasini ishlab chiqish; Rossiyadan Ukraina foydasiga tovon undirish mexanizmini yaratish.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026