O‘zbekiston | 09:19 / 23.11.2022
6957
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 10 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi

O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

Foto: Shutterstock

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 5,3 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 4,9 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 2,6 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Koreya – 1,9 mlrd;
  • Turkiya – 1,4 mlrd;
  • Germaniya – 789 mln;
  • Hindiston – 530 mln;
  • Braziliya – 461,5 mln;
  • Turkmaniston – 443,5 mln;
  • Litva – 334,4 mln AQSh dollari.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid