O‘zbekiston | 09:15 / 23.11.2022
5846
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilish sohasiga jamoatchilik nazorati joriy etiladi

Foto: Kun.uz

Prezidentning “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayon ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga kiritilgan loyihalar, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalar doirasida:

obektlar bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligi “Shaffof qurilish” ATda o‘tkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi;

ushbu tizimda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari yakuni va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar bo‘yicha buyurtmachi bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasidagi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini bajarish to‘g‘risidagi shartnomalar tuziladi. Shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga elektron shaklda yuboriladi;

tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan har bir obekt identifikatsiya raqami berilgan holda, “Shaffof qurilish” ATga kiritiladi.
 
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi, mahalla faollari va OAV dasturlar va loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati, sifati hamda ko‘lami ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishi, unda aniqlangan kamchiliklar haqida davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha shtablarga ma’lumot taqdim etishi lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid