Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya zarur vaqtda Suriya hududida jangovar operatsiyani boshlashga tayyor - Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida so‘zga chiqib, harbiylar Suriya hududida jangovar harakatlarni boshlashga tayyorligini aytdi.
Foto: Reuters
Turkiya terrorchilik hujumlariga aloqador barcha shaxslarni zudlik bilan tergov qilish va javobgarlikka tortish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu haqda chorshanba kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan hukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytdi.
Turkiya davlati rahbari Istanbulda 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktga, shuningdek, Suriyadan mamlakatning chegaradosh hududlari o‘qqa tutilishi oqibatida ikki nafar tinch fuqaroning o‘limiga e’tibor qaratdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, teraktlar Suriya hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilar, jumladan, Qurd ishchilar partiyasi (QIP) tomonidan amalga oshirilgan.
Davlat rahbari so‘nggi yillarda chegaradosh Hatay, G‘oziantep, Kilis, Shonliurfa va Shirnak viloyatlari hududi 764 marta raketa va minomyotlardan o‘qqa tutilganini, buning natijasida 32 nafar Turkiya fuqarosi halok bo‘lganini, yana 261 nafari yaralanganini eslatdi.
«Agar Suriya bo‘yicha kelishuv ishtirokchilari (jumladan, Rossiya) o‘z majburiyatlarini (chegara hududlarini terrorchilardan tozalashni) bajarmasa, Turkiya o‘z milliy xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish huquqini o‘zida saqlab qoladi», — dedi Turkiya rahbari.
Turkiya mamlakat uchun eng qulay vaqtda quruqlikdagi aksilterror operatsiyasini boshlaydi, dedi Erdo‘g‘an.
Shuningdek, prezident Suriya va Iroqni turk armiyasining aksilterror operatsiyalaridan xavotirlanmaslikka chaqirdi. «Anqara qo‘shni davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi. Turkiyaning yagona maqsadi davlat va aholi xavfsizligidir», dedi u.
Mavzuga oid
11:34 / 19.02.2026
“Qizimizning jasadi topilsa, olib ketsak bo‘ldi” – Sayyoraning jasadi haligacha qidirilmoqda
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026