Jahon | 11:17 / 24.11.2022
4292
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 15 Pro’da ovoz ko‘tarish va yoqish tugmasi 3D Touch ko‘rinishida bo‘ladi

Apple kompaniyasiga iPhone uchun platalar yetkazib beruvchi Cirrus Logic kompaniyasi iPhone 15 Pro telefonlari ovoz darajasini ko‘tarib pasaytirish va telefonni o‘chirib yoqish tugmalari 3D Touch funksiyasi orqali amalga oshirilishini tasdiqladi.

Foto: iphones.ru

O‘z aksiyadorlariga yo‘llagan xatida kompaniya «strategik mijoz bilan hamkorlik»da davom etishi, «kelgusi yilda bozorga smartfonlar uchun HPMS tarkibiy qismini olib chiqishi»ni ma’lum qilgan, deb yozmoqda iphones.ru.

HPMS Cirrus Logic’ning aralash signallar qabul qiluvchi yuqori unumdorlikka ega mikrosxemasi sanaladi va Taptic Engine uchun taktil drayverlarni ham o‘z tarkibiga oladi.

Cirrus Logic bosh direktori Jon Forsayt yangi tarkibiy qismi kelgusi yilning keyingi yarim yilligigacha, ya’ni  iPhone 15 Pro’ning 2015 yil sentabridagi rasmiy relizigacha chiqishini xabar bergan.

Apple iPhone 15 Pro’ga qo‘shimcha Taptic Engine motorchalarini o‘rnatadi va u sensor tugmalarining bosilishini imitatsiya qiladi. Uning ishlash prinsipi iPhone 7, 8, SE2 va 3 dagi Home tugmasi kabi bo‘ladi, uning bosib turilishi Taptic Engine vibratsiyasi tomonidan imitatsiya qilinadi.

O‘zgarish iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max’da joriy etiladi. iPhone 15 va 15 Plus'da oddiy mexanik tugmalar qoladi. 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid