O‘zbekiston qanchalik kambag‘allik davlatligini ko‘rish uchun Toshkentdan bir qadam tashqariga chiqish kifoya. Poytaxtga chegaradosh Yuqori Chirchiq tumanidagi Yoshlik va Tinchlik mahallalari hududiga kiruvchi O‘zbekiston, Oqibat va Baxt ko‘chalarida odamga o‘xshab yurib bo‘lmaydi – odamlar yozda changga, qishda loyga botadi.

Kuzdan bahorgacha yomg‘ir sabab ichki yo‘llar katta ko‘lmaklarga to‘lib qoladi. Taksichilar ko‘pincha bu ko‘chalarga kirishni xohlamaydi – mashinangiz bo‘lmasa, katta yo‘ldan uyingizgacha loy kechib borishga majbursiz.

O‘nlab yillardan beri asfaltlanmagan bu ko‘chalar qachon epaqaga kelishi mutlaqo noma’lum. Tuman hokimligi bu ko‘chalar davlat dasturiga kiritilmaganini ro‘kach qilib, odamlarga “Tashabbusli budjet”da ovoz yig‘ib, yutib chiqishga chaqiryapti.

O‘zbekiston ko‘chasidan Oqibat ko‘chasiga kiraverishdagi yo‘llar / Foto: Kun.uz

Yoshlik va Tinchlik mahallalari ilgari bir hudud bo‘lib, Iyk-ota deb nomlangan. Hududning bir qismi Toshkent shahri Bektemir tumaniga o‘tkazilgach, hozirda hudud ikkiga bo‘lingan.

Biz gaplashgan mahalla odamlari bu yerga ko‘chib kelganlaridan beri shu ahvol ekani, murojaat qilmagan joylari qolmagani, ko‘proq yomg‘ir yog‘ganida hovlilarigacha suv kirishi, buning uchun alohida chuqurlar qazishganini aytishdi. Odamlarning arz-dodini videolavhamizda tomosha qiling, biz maqolada tuman hokimligining iddaosiga e’tibor qaratamiz.

O‘zbekiston ko‘chasidan Oqibat ko‘chasiga kiraverishdagi yo‘llar / Foto: Kun.uz

Yuqori Chirchiq tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Xudoyberganovning aytishicha, Yoshlik va Tinchlik mahallalaridagi ichki yo‘llarning ayrimlarini asfaltlash masalasi shu yil oktyabr oyida qabul qilingan prezident qaroriga kiritilgan.

“Do‘stlik ko‘chasi 500 metr, Yaxshi niyat ko‘chasi 300 metr, Oydin ko‘chasi 500, Jo‘shqin ko‘chasi 300 metr asfaltlashtiriladi Ichki yo‘llar uchun 900 mln so‘m ajratilgan, buning uchun loyiha smeta hujjatlari ham tayyorlangan. Loyiha shu yil so‘nggiga qadar amalga oshirilishi