Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanining 400 gektar maydonida Tashkent Medical Smart City tibbiyot şaharçasi quriladi. Şu haqdagi qaror loyihasi Toşkent viloyati hokimligi tomonidan muhokama uçun e’lon qilindi.

Loyiha Janubiy Koreyaning Haehan Architecture kompaniyasi iştirokida taşkil etilgan «TMSC» kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi. Bu haqda 5 mlrd AQŞ dollari miqdorida bevosita xorijiy investitsiyalar özlaştirilişi töğrisida kelişuvga erişilgan.

Loyihaga köra, ajratilgan yer maydonida yirik tibbiyot muassasasi, şoşilinç tibbiy yordam markazi, Koreyaning xalqaro tibbiyot universiteti filiali, tibbiyot yönalişdagi xalqaro maktab va maktabgaça ta’lim muassasasi, Koreya uslubdagi kvartali (madaniy, tijoriy va ovqatlaniş köçasi, turistik obektlar va x.k.), biznes va savdo markazi, mehmonxonalar, köp qavatli uy-joy majmuasi qurilişi közda tutilgan.

Loyiha 2025−2034 yillarda amalga oşiriladi. Bunda belgilangan investitsiya mablağlarining töliq özlaştiriş va obektlarni foydalanişga topşiriş hamda 7000 dan ortiq yangi iş örnini yaratiş rejalaştirilgan.

Qayd qilinişiça, dastlab yer uçastkalaridagi mavjud daraxt va butalar töliq xatlovdan ötkaziladi. Loyiha ostiga tuşgan daraxt va butalarni köçiriş imkoniyati bölmasa, har biri örniga kompensatsiya tariqasida 30 tupdan, 3 yoşdan kam bölmagan daraxt ekiş majburiyati yuklanadi.

Şuningdek, investorlar va ularning loyiha kompaniyalariga köçirişga ruxsat berilgan har bir daraxt örniga kompensatsiya tariqasida 10 tupdan, 3 yoşdan kam bölmagan daraxt va buta ekiş hamda köçirişga ruxsat berilgan daraxtlarni 3 yil davomida parvarişlaş majburiyati yuklanadi.